2022-yilda kun mavzusi: “Barqaror ertangi kun uchun bugun gender tenglik zarur”
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) Administratori Akim Shtaynerning Xalqaro xotin-qizlar kuni (8-mart) munosabati bilan bayonoti
9-March, 2022
Jahon hamjamiyati mojarolar sababli millionlab ukrainaliklar o'z mamlakatini tark etishga majbur qilgan Ukrainadagi ulkan insoniy azob-uqubatlarni to'xtatishni istaydi.
Vaziyat barcha ukrainaliklarning xavfsizligiga tahdid soladi va dunyoning boshqa qismlaridagi mojarolarda bo'lgani kabi, ayollar va qizlarni, ayniqsa qochqinlar va uylarini tark etishga majbur bo'lganlarni jinsiy va genderga asoslangan zo'ravonlik xavfi ortishiga olib keladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) Ukrainada va qo’shni davlatlarda mojarodan jabr ko‘rgan odamlarni qo‘llab-quvvatlash va qochqinlarni qabul qilish bo’yicha BMT agentliklari tizimining javob choralariga qo‘shildi.
Ukrainada, Afgʻoniston va Saheldan tortib Myanma va Yamangacha boʻlgan boshqa ko'plab inqirozli vaziyatlarda va mojarolarda -uzoq muddatli yechimlarni izlash uchun ayollarning tinchlikparvar faoliyatda, nizolarni oldini olishda va tinchlikni o’rnatishda to'liq, teng va sezilarli ishtirokini kengaytirish juda muhimdir.
Ushbu yondashuv iqlim o'zgarishi va atrof-muhitning buzilishiga qarshi kurashda, shuningdek, bu yilgi Ayollar maqomi bo'yicha komissiyaning mavzusi bo'lgan tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish samaradorligini oshirishda ham qo'llaniladi.
Ayollar iqlim va atrof-muhit sohalarida muhim rol o'ynaydi. Ko'pincha ular tabiiy resurslarni boshqarish bo'yicha ilg'or strategiyalarda yetakchilardir. Bu rol ayollarga samarali va barqaror yechimlarni topish va amalga oshirish imkonini beradi. Biroq, atrof-muhitning buzilishi va tanqis resurslar uchun raqobatning kuchayishi gender asosidagi zo'ravonlik xavfini oshiradi. Atrof-muhit inson huquqlarini himoya qiladigan ayollar, jumladan, mahalliy ayollar ko'pincha tahdid va zo'ravonlikka duch kelishadi.
BMTTD-Pittsburg universitetining davlat boshqaruvida gender tengligi bo'yicha global hisoboti shuni ko'rsatadiki, ayollar iqlim va ekologik inqirozlarga ko'proq duchor bo'lishlariga qaramay, ular hali ham atrof-muhit bo'yicha yetakchi o'rinlarni egallashga va iqlimiy yechimlarni egallashga xalaqit beradigan “ko'rinmas to'siq”ga duch kelishmoqda. Misol uchun, dunyo bo'ylab atrof-muhitni muhofaza qilish vazirliklarida ayollarning ulushi o'rtacha 33% ni tashkil qiladi va bu muhim masalalar bo'yicha qarorlar qabul qilishda paritet juda kam uchraydi.
Biroq, o'zgarishlar bo’lishi mumkin. Bugungi kunda BMT Taraqqiyot dasturining "Iqlimiy va'dasi" dasturi 120 mamlakatlariga milliy miqyosda belgilangan hissalar (MMBH) deb tanilgan iqlimiy majburiyatlarini oshirishga yordam beradi.
Bu hissalar nafaqat barqaror rivojlanish, balki gender tengligi uchun ham muhim vositadir. Butun dunyo bo'ylab 110 000 dan ortiq kishi MMBH manfaatdor tomonlar bilan maslahatlashuvlarda ishtirok etdi va ko'p hollarda ayollar bu jarayonni boshqaradi. Iqlimiy vada bo'yicha qo'llab-quvvatlanadigan ikkinchi avlod MMBH 96 foizi gender masalalarga oid havolalarni o'z ichiga oladi, ushbu raqam birinchi avlod MMBH da 48 foizni tashkil etadi.
Yoki BMTTD va hamkorlar konsorsiumi boshchiligidagi “Iqlim adolati uchun feministik harakatlari” koalitsiyasiga qarang. Uning maqsadi kelgusi besh yil ichida iqlim adolati va gender tengligi borasidagi taraqqiyotni tezlashtirishdir.
Aynan mana shu sa'y-harakatlar yanada shijoatli gender-sezgir ekologik va iqlimiy kun tartibini ilgari surish uchun bizning tayanchimiz bo'lishi kerak. Xususan, ular xotin-qizlarning o‘ziga xos ehtiyojlari va istiqbollarini inobatga olib, ularning ishtiroki va yetakchiligini faol qo’llab quvvatlashi kerak. Ular, shuningdek, ayollarning iqlim va atrof-muhitni moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashga yordam berishlari kerak.
Ushbu o'zgarishlarni targ'ib qilish domino effektiga ega bo'lishi mumkin. Misol uchun, tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, parlamentda xotin-qizlar vakilligi yuqori bo‘lgan davlatlar bugungi kunda dunyoga zarur bo‘lgan xalqaro ekologik shartnomalarni ratifikatsiya qilish ehtimoli ko‘proq.
Global maqsadlarga, 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan yangi strategik rejamizga va 2022-2025 yillarga mo‘ljallangan Gender tengligi strategiyasiga amal qilgan holda, BMTTD #TenglikAvlodi yo‘lida tinimsiz ishlashda davom etadi. BMTTD o'z-o'zidan o'zgarib bormoqda va bugungi kunda o'z xodimlari o'rtasida 50/50 gender muvozanatiga erishdi.
Biz bilamizki, gender tengligisiz barcha uchun barqaror, ekologik va teng kelajakni yaratish mumkin emas.
COVID-19 ga qarshi gender javob choralari global kuzatuvchisi kabi resurslar tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar va tahlillarga asoslanib, mamlakatlar ayollar va qizlarning ehtiyojlarini o'sib borayotgan "yashil" tiklanishning asosi sifatida belgilashlari kerak.
Bunga ayollarning iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligiga qaratilgan yangi siyosiy chora-tadbirlar, jumladan, haq to'lanmaydigan parvarishlash mehnati, mehnat bozori, ayollarga nisbatan zo'ravonlik, iqlim o'zgarishi va atrof-muhit buzilishining ayollar va qizlarga ta'siri kiradi.
Bir narsa aniq: bugungi kunda teng huquqli dunyoni yaratish yanada barqaror ertangi kun uchun sharoit yaratadi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) Administratori Akim Shtayner.