factory

UNDP

Ma'muriy Markaz

Bizning O‘zbekistondagi ishimiz haqida

Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (BMTTD) samarador va moslashuvchan davlat tizimlari, kelajakdagi chaqiriqlar va imkoniyatlarga tayyor bo‘lgan insonlar hamda inklyuziv yashil iqtisodiyotga asoslangan zamonaviy, farovon va demokratik jamiyat qurishda O‘zbekistonga ko‘maklashish vazifasini o‘z zimmasiga olgan.

BMTTD o‘zining O‘zbekistondagi ilk faoliyatini 1993 yilda boshlagan hamda keyingi bir necha o‘n yillik davr mobaynida milliy hukumat, tadbirkorlik hamjamiyati, fuqarolik jamiyati va ilmiy doiralar bilan hamkorlikda yuzlab loyihalarni amaoga oshirdi. Biz rivojlanish sohasida O‘zbekistonning asosiy hamkori va BMT oilasining yetakchi tashkiloti ekanligimiz bilan faxralanamiz.

O‘zbekiston Hukumati tomonidan bildirilayotgan doimiy ishonch, BMTning biz kabi tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik, shuningdek milliy va xalqaro donorlar qo‘llab-quvvatlashi natijasida BMTTD O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini qurish, hukumat tizimini modernizasiya qilish va eng zaif aholi qatlamlarining hayotini yaxshilashda ko‘mak berdi. Bundan tashqari, BMTTD O‘zbekistonga mamlakat so‘ngi yillarda to‘qnashgan ekologiya va atrof-muhit sohasidagi ba'zi eng muhim muammolarni hal etishga yordam berdi.

BMTTDning O‘zbekistondagi faoliyati yo‘nalishlari amaldagi BMTning mamlakatdagi dasturi bo‘yicha hujjatni (MDH) hamda 2021-2025 yillar uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish maqsadida hamkorlik qilish bo‘yicha umumiy dasturini (BMTBRMHUR) aks ettiradi. Ular, shuningdek, 2030 yilgacha muddat uchun Kun tartibi va 2017-2021 yillar uchun O‘zbekiston rivojlanish strategiyasi doirasidagi Milliy Barqaror rivojlanrish maqsadlari (BRM) bilan ham muvofiqlashtirilgandir. Butun 2020 yil davomida BMTTD milliy sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni hal etishda va COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy asoratlarini bartaraf qilishda ko‘maklashib keldi va O‘zbekistonning inklyuziv ravishda va ekologik jihatdan tiklanishiga faol yordam berishni davom ettirmoqda.

BMTTD butun dunyo bo‘ylab 170dan ortiq mamlakat va hududlarda kambag‘allikni tugatish, tengsizlikni qisqartirish va inklyuzivlilikning darajasini oshirishga yordam berish orqali faol ish olib bormoqda. O‘zbekistonda BMTTDning Bosh vakolatxonasi poytaxtda – Toshkent shahrida joylashgan, Nukus va Namangan shaharlarida esa qo‘shimcha vakolatxonalar mavjud. Xozirgi kundagi uchta asosiy faoliyat yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: «Inklyuziv va demokratik boshqaruv», «Inklyuziv va barqaror o‘sish» va «Iqlim o‘zgarishi va tabiiy ofatlarga nisbatan chidamlilik».

So‘ngi yutuqlar

  • Orolbo‘yi mintaqasining texnologik va ekologik innovasiyalar hududiga aylantirilishi, mintaqadagi muammolar uchun yangi yechimlarni qo‘llash, ushbu yechimlardan, ular muvaffaqiyatli bo‘lgan taqdirda, butun O‘zbekiston bo‘ylab va undan tashqarida ham iqlim o‘zgarishiga moslashish strategiyalarini ishlab chiqish uchun foydalanish mumkin bo‘ladi.
  • Xotin-qizlar huquqlarini himoya qiluvchi qonunchilikni hamda ayollar hukumatda, tadbirkorlikda va o‘z jamiyatlarida ko‘proq faol va e'tiborli o‘rin tutishlarini ta'minlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash.
  • Iqlim o‘zgarishining oqibatlariga moslashish jarayonida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga yordam beruvchi amaliy va past texnologik yechimlarni amalga oshirishda butun O‘zbekiston bo‘ylab fermerlar va fermerlik jamiyatlariga ko‘maklashish?
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa e'tibordan chetda qolgan qatlamlarining turmush darajasini yaxshilash, jumladan ishga joylashish, moliyaviy mustaqillikka erishish va jamiyat hayotida kengroq ishtirok etish imkoniyatlarini yaratib berish orqali.
  • Kichik va o‘rta korxonalar orasida raqamli tadbirkorlikni rag‘batlantirish, ayniqsa aholining 60 foizini tashkil qiluvchi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hamda xotin-qizlar uchun.
  • O‘zbekistonning umumjahon ahamiyatga ega bioxilma-hilligini, ayniqsa uning nodir o‘simlik va hayvonot dunyosini hamda etotizimlarini muhofaza qilish,shuningdek yangi binolarda energiyani tejovchi materiallardan va qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishni ta'minlovchi qurilish me'yorlarini ishlab chiqish.
  • Xususiy va davlat sektorlarida korrupsiyaga qarshi mexanizmlarni joriy qilish, mahalliy hokimiyat organlarining ochiqligini va tezkor javob berishini ta'minlash, shuningdek qonun ustuvorligini mustahkamlash va sud tizimini isloh qilish orqali sudlarga nisbatan ishonchni kuchaytirish.

***

Samarali va demokratik boshqaruv

BMTTDning O‘zbekistondagi inklyuziv va demokratik boshqaruv bo‘yicha bo‘linmasi hisobdor, shaffof va inklyuziv siyosatni ishlab chiqish, gender xususiyatlarni inobatga oluvchi muassasalarni rivojlantirish va fuqarolik jamiyatining ishtirokini kengaytirish bo‘yicha hukumatning ishonchli hamkoridir. Ushbu ishdan kutilayotgan natija hech kimni ortda qoldirmagan xolda, barcha odamlarning ehtiyojlarini qondiruvchi boshqaruv tizimini yaratishdan iborat.

Inklyuziv va demokratik boshqaruv bo‘yicha bo‘linma, shuningdek, ijtimoiy kapitalni yaratish va fuqarolik maydonlarini ochish hamda qonun ustuvorligiga, samarador boshqaruv va inson huquqlariga asoslangan yangi ijtimoiy shartnomalarni tuzish bo‘yicha milliy hamkorlarga yordam berib kelmoqda. Bu boradagi muhim yutuqlardan biri O‘zbekistondagi sudlarning, ularni yanada shaffof, ochiq va fuqarolar ehtiyojlariga sezgir qilish maqsadida islohoti bo‘ldi.

Inklyuziv va demokratik boshqaruv bo‘yicha bo‘linma, shuningdek, davlat xizmatlarining ko‘rsatilishini optimallashtirish ustida ish olib bordi. An'anaviy qog‘oz jarayonlarini raqamlilariga almashtirish uchun salmoqli mablag‘lar sarflandi, bu esa ma'lumotlarni izlash va xizmatlarni taqdim qilishni tezlashtirish va samaradorligini oshirish, ayniqsa O‘zbekistonning qishloq hududlarida va mahallalar darajalarida, imkoniyatini berdi. Barcha fuqarolar, ayniqsa mamlakatning olis hududlarida yashovchi odamlar, oiladagi zo‘ravonlik qurbonlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar va OITV bilan kasallanganlar uchun yanada ko‘proq xizmatlardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Markaziy saylov komissiyasi, O‘zbekiston Parlamenti va taraqqiyot sohasidagi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda BMTTD saylov va parlament tizimlarining rivojlanishini mustahkamlash, shuningdek demokratiyaning, ishtirokning va o‘zini ifoda etishning muhim asoslarini xalqaro me'yorlar bilan muvofiqlashtirish ustida ish olib boradi. Inklyuziv va demokratik boshqaruv bo‘yicha bo‘linma milliy hamkorlar bilan birgalikda davlat va xususiy sektorlarda korrupsiyaga qarshi kurashning samarali mexanizmlarini yaratish ustida ish olib bormoqda.

Inklyuziv va barqaror o‘sish

BMTTDning O‘zbekistondagi inklyuziv va barqaror o‘sish masalalari bo‘yicha bo‘linmasi kambag‘allik va tengsizlik muammolarini anglash va yechimini topishning yangi yo‘llarini tadbiq qilishga yordam beradi, shuningdek milliy BRM bilan muvofiq ravishda taraqqiyot maqsadlari uchun siyosatni va moliyalashtirishni amalga oshirishda izchillikni ta'minlaydi.

Kambag‘allik ko‘lamini qisqartirish maqsadida hukumat tomonidan olib borilayotgan sa'y-harakatlar qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bo‘linmaning faoliyati taraqqiyotning barcha o‘zaro bog‘liq sohalarini qamrab oladi, shu jumladan ish joylarini yaratish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash va ijtimoiy barqarorlikni rivojlantirish. Xozirgi kunda O‘zbekistondagi aholining eng zaif qatlamlari manfaatlari uchun amalga oshirilayotga milliy islohotlarning qanchalik muvaffaqiyatli ekanligi, birinchi navbatda mahallalar darajasida keng ishtirok asosida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar yordamida, baholanmoqda. Mazkur tadqiqotning xulosa va natijalari kelajakda islom moliyasi (yashil suquq), ijtimoiy obligasiyalar, kraudfanding va xatarlarni moliyalashtirish kabi yangi va innovasion moliyalashtirish manbalariga tayanadigan, taklif etilayotgan Kompleks milliy moliyalashtirish tizimi kabi ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston COVID-19 pandemiyasidan so‘ng tiklanishda davom etar ekan, inklyuziv va barqaror o‘sish masalalari bo‘yicha bo‘linma barqaror va yashil iqtisodiyot maqsadida milliy siyosatni ishlab chiqishga yordam bermoqda. Mazkur tashabbusning pirovard maqsadi O‘zbekistonning barcha fuqarolari uchun munosib ish o‘rinlarini yaratish va turmush sharoitlarini yaxshilashdan iborat. Alohida e'tibor yangi raqamli startaplarni, xususan ayollar rahbarlik qiluvchi va qishloq hududlarida hamda kambag‘allik va iqlim o‘zgarishiga ta'sirchanlik darajasi yuqori bo‘lgan mintaqalarda, qo‘llab-quvvatlashga qaratilmoqda.

Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishiga chidamlilik

BMTTDning atrof-muhit va iqlim o‘zgarishiga chidamlilik masalalari bo‘yicha bo‘linmasi O‘zbekistonga iqlim o‘zgarishiga moslashish, O‘zbekistondagi tabiiy hududlarni muhofaza qilish hamda ehtimoliy tabiiy va antropogen ofatlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha uning Kun tartibini amalga oshirishga yordam bermoqda. Bo‘linma O‘zbekistondagi barcha rivojlanish barqaror va atrof-muhitga salbiy ta'sir ko‘rsatmagan xolda amalga oshirilishini ta'minlash uchun faoliyat olib boradi.

BMTTD sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, suv ta'minoti, favqulotda xolatlar va uy-joy qurilishining milliy sektorlari uchun aniq, gender masalalarini inobatga oluvchi iqlim o‘zgarishiga moslashish rejalarini ishlab chiqishda O‘zbekistonga ko‘maklashmoqda. Atrof-muhit va iqlim o‘zgarishiga chidamlilik masalalari bo‘yicha bo‘linma 2019-2030 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga o‘tish strategiyasining amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlaydi. BMTTD energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligini oshirishning va tuproq unumdorligi yo‘qolishining oldini olish imkoniyatini beruvchi qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash hisobiga mamlakatda karbonat angidridining chiqindilarini qisqartirishga yordam berish maqsadida texnik va moliyaviy ko‘mak ko‘rsatmoqda.

2019-2028 yillardagi davr uchun bioxilma-hillikni muhofaza qilish Milliy strategiyasiga muvofiq ravishda, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishiga chidamlilik masalalari bo‘yicha bo‘linma, shuningdek, tog‘, suv va botqoq hamda cho‘l ekotizimlarining barqaror boshqarilishi tarafdoridir. Bo‘linma qishloq xo‘jaligining samarasiz usullarini takomillashtirish va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi “iqlim nuqtai nazaridan optimallashtirilgan” bilim va innovasiyalar tizimi orqali oziq-ovqat agrosanoati sektorida “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishga erishish bo‘yicha milliy sa'-harakatlarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

BMTTD iqlim o‘zgarishi sababli kelib chiquvchi xavflardan erta ogohlantirish tizimlarini yaratishga ko‘maklashish orqali «2015-2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi»ni milliy miqyosda amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlamoqda. U, shuningdek, xavfli chiqindilarni boshqarish bo‘yicha ustuvor choralarni aniqlash uchun turg‘un organik ifloslantiruvchi moddalar (TOI) bo‘yicha Milliy harakatlar rejasini ishlab chiqishga yordam bermoqda.

Nihoyat, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishiga chidamlilik masalalari bo‘yicha bo‘linma tizimli loyihalashtirish, ma'lumotlar va tahlillar, muqobil moliyalashtirish, innovasiyalar va siyosatga nisbatan majmuaviy yondashuvlardan foydalangan xolda Orolbo‘yi mintaqasi oldida turgan ekologik va ijtimoiy muammolarni hal etish uchun tizimli intergratsiya bo‘yicha BMTTDning yondashuvini taqdim etmoqda.