Yangi hamkorlik qishloq aholisiga arzon va jozibador barqaror energiya yechimlari uchun yo'l ochmoqda
10-July, 2023
2023 yil 10-iyul – Bugun O‘zbekiston Energetika vazirligida qishloq aholi punktlari uchun arzon va jozibador barqaror energiya yechimlari sari muhim bosqich bo‘lgan imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir energetika landshaftidagi o'zgarishlar uchun zamin yaratadi va bizni kam ta'minlangan hududlarni kuchaytirish sari bir qadam ilgari suradi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va O‘zbekiston Energetika vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari tarmoqlararo energiya tejash jamg‘armasi o‘rtasida imzolangan rasmiy kelishuv hamkorlik va taraqqiyot yangi davrga kirganidan dalolat beradi. Ushbu hamkorlik Global Ekologik Jamg’arma tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekistonda enregiya samarador qishloq turar uy-joy binolar qurilishni rivojlantirishga ko’maklashish” loyihasi doirasida qishloq aholisiniga energiya tejamkor va kam uglerodli uy-joy qurish borasida qo‘llab-quvvatlash uchun “yashil" iste’mol kreditlari orqali subsidiyalar taqdim etishga qaratilgan.
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi Doimiy vakili Matilda Dimovska tadbirda tashabbus bilan bo-liq umidlarini izhor qilarkan, shunday dedi: “Biz Jamg‘armani “yashil”moliyalash uchun kuchli vosita bo’lmish Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanismi muvaffaqiyatiga katta umid bog‘laymiz. Umid qilamizki, bu Jamg‘armaning kuchli o‘yinchiga aylanishiga yordam beradi va O‘zbekistonning toza energiyaga o‘tishini ro’yobga chiqarish barobarida, qishloq aholisi turmush sharoitlarining yaxshilanishiga olib keladi”.
Ushbu tashabbus doirasida O‘zbekistonning dasturda ishtirok etish huquqiga ega aholisi uy-joy infratuzilmasini modernizatsiya qilish, turmush sharoitini yaxshilash va energiya sarfini kamaytirish imkonini beruvchi arzon moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Energiya tejamkor va kam uglerodli texnologiyalarni joriy etish nafaqat xarajatlarni tejashga yordam beradi, balki iqlim o'zgarishini yumshatishga va ekologik barqarorlikka hissa qo'shadi.
Ushbu innovatsion tashabbus O‘zbekistonning energiya samaradorligi va qayta tiklanadigan energiya tarmoqlarini faol rivojlantirishga oid majburiyatlariga mos keladi. Hozirda O‘zbekistonda energiyaning 80% dan ortig‘i qazib olinadigan yoqilg‘ilardan ishlab chiqarayotgan bir paytda, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish barqaror rivojlanish va issiqxona gazlari tashlanmalarini kamaytirish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Quyosh panellarini va shamol generatorlarini ishlab chiqarish va o‘rnatishning jadal sur’atlarda o‘sishi mamlakatning “yashil” energiyaga ustuvor ahamiyat berishi va an’anaviy manbalarga qaramlikni kamaytirishga intilayotganidan dalolat beradi.
BMT taraqqiyot dasturi va O'zbekiston energetika vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari tarmoqlararo energiya tejash jamg'armasi o'rtasidagi hamkorlik strategik maqsadlarimizga erishish yo'lidagi eng muhim qadamdir. Qishloq aholi punktlariga "yashil" kreditlar berish orqali biz uy-joy sektorida energiya tejamkor texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish imkoniyatlarini yaratmoqdamiz. Bu nafaqat energiya sarfini kamaytiradi, balki ekologik toza kelajakka hissa qo'shish orqali qishloq aholisining farovonligi va iqtisodiy barqarorligini oshiradi.
“Yashil” moliyalashtirishni ta'minlashda mahalliy banklarning ishtiroki ushbu mexanizmning muhim tarkibiy qismidir. Moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilar ekanmiz, biz qishloq aholisi uchun moliyadan keng foydalanish imkoniyatini taqdim etamiz, turmush darajasini yaxshilashga va barqaror energiya yechimlarini ishlab chiqishga yordam beramiz.
Bugungi imzolash marosimi qishloq aholisi uchun hamyonbop va jozibador barqaror energiya yechimlarini topishga intilish borasidagi muhim bosqich bo‘ldi. Barcha manfaatdor tomonlarning birgalikdagi sa'y-harakatlari bizni barqaror, inklyuziv va farovon kelajak haqidagi tasavvurlarimizni amalga oshirishga yaqinlashtiradi.