Yosh tadbirkor barqaror tuproq unumdorligi uchun vermikompost ishlab chiqarishi haqida
Aybek Orolbo'yi mintaqasida tuproq unumdorligini oshirmoqda
20-July, 2023
Aybek quyosh bilan birga uyg’onib, daraxtlarini har birini yaxshilab tekshirib, sug'orib, ularga g'amxo'rlik qiladi. Uning uyi yonidan o’tar ekansiz, gullab-yashnayotgan mevali daraxtlar qatoriga ko’zingiz tushadi.
Bozatov tumanining chekka hududida yashovchi, yosh, harakatchan Aybek Jalgashov 12 nafar yoshlarni o'z ichiga olgan ishlab chiqarish kooperativini boshqaradi. Ular birgalikda o'z bog'larida organik o'g'itlar, xususan, vermikompost ishlab chiqaradilar. Asli fermerlar oilasidan bo'lgan Aybek 23 yoshida bir vaqtning o'zida ham tadbirkor, ham Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining talabasi hisoblanadi. U nafaqat vermikompost ishlab chiqaradi, balki uni o'zining o’simlik yetishtirish jarayonida ham ishlatadi.
Orol dengizi mintaqasida yerlarning degradatsiyaga uchrashi mahalliy fermerlar va kichik uy xo'jaliklari uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarib, ularning hosil sifatiga putur yetkazmoqda. Ko'pgina fermerlar beixtiyor ko’proq hosil olish maqsadida tuproq sifatsizlanishiga hissa qo'shadilar. Bu borada Aybek shunday deydi: "Bu aholining farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligiga ta'sir qiladi, mos ravishda ularning daromadlariga putur yetkazadi. Mahalliy fermerlar ko'pincha yuqori hosil olish maqsadida kimyoviy qo’shimchalarga murojaat qilishadi, va natijada, tuproq unumdorligiga zarar yetkazishadi. Ishlab chiqarish tizimining o'zi ekologik jarayon ekanligini tan olgan holda, mening maqsadim tuproq sifatini yaxshilash uchun fermer xo'jaliklarida organik usullardan foydalanishdir".
Vermikompostni yaratishga nima sabab bo’lganligi haqida so'ralganda, Aybek bolaligini shirin xotira bilan eslaydi: "O'sha paytlar men olti yoshda edim va hovlimizda meva terishni yaxshi ko'rardim. Bu jarayon menga katta quvonch va xavfsizlik hissini bergan. Menimcha, bu mening hayotimdagi boshlang'ich nuqta bo'lib, daraxtlarga bo'lgan qiziqishimni kuchaytirgan", deya qo'shimcha qiladi u.

Ota-onasining qishloq xo'jaligiga bo'lgan ishtiyoqini meros qilib olgan Aybek yoshligidan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda katta tajribaga ega bo'ldi. Ko'p yillar davomida ushbu sohaga bo'lgan chuqur muhabbati tufayli u turli xil organik oziq-ovqat ishlab chiqarish texnologiyalari to'g'risida bilimlarni faol ravishda o’rgandi.
Aybek har bir biznes to'g'ri texnologiya va jihozlarni talab qilishini tushundi. Binobarin, u o'z fermasi uchun zarur jihozlarni sotib olishga sarmoya kiritdi, ammo uni yanada kengaytirish uchun unda yetarli mablag' yo'q edi. Orolbo'yi mintaqasida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi bilan shug'ullanuvchi yosh tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash uchun amalga oshirilayotgan BMTTD, UNFPA va FAO Qo'shma dasturi haqida bilib, u mavjud imkoniyatdan xabardor bo'ldi va undan foydalandi. Dastur organik o'g'itlardan foydalanishni rag'batlantirish va chekka hududlarda, shu jumladan Bozatov tumanida yangi yoshlar kooperativlarini tashkil etish orqali tuproq sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Ilgari Aybek va uning jamoasi o'zlarining shaxsiy uchastkalarida vermikompost ishlab chiqarish uchun oddiy usullardan foydalanganlar. Biroq, bu usullar mavsumiy yig'im-terim bilan cheklangan. Shu bois, Aybek va tumandagi yana 12 nafar yoshlar vermikompost ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida yangi ishlab chiqarish kooperativi bo'lgan Bio Organic Export MChJni tashkil etishdi.
Ularning qishloq xo'jaligidagi jamoaviy tajribasi va dastur mezonlariga muvofiqligini hisobga olgan holda, komissiya a'zolari ularning loyihalarini moliyalashtirishga qaror qildilar. "Ushbu loyihada ishtirok etish bizga ko'plab afzalliklarni berdi. Qo'shma dastur ko'magida biz suvni tejaydigan texnologiyalar, akvamadaniyat, chorvachilik va ilg'or vermikompost ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayni bo'yicha treninglar orqali kerakli tajriba va bilimga ega bo'ldik", - deydi Aybek.
Hozirgi vaqtda mahalliy bozorlarda vermikompostga talab juda yuqori. Aybek va uning jamoasi Nukusdagi yirik chakana sotuvchilar va Bozatovdagi mahalliy fermerlar bilan hamkorlik qilishni boshladilar. Ularning kooperativining joriy ishlab chiqarish quvvati yiliga 144 tonnani tashkil etadi, bu esa taxminan 216 million so'm daromad keltiradi. Biroq, ular kooperativning rentabelligini oshirish uchun ikkinchi yilda ishlab chiqarish quvvatini ikki baravarga oshirishni rejalashtirmoqdalar. Kooperativ a'zolaridan biri Jahongir Jandullayev issiqxonada meva ko'chatlarini yetishtirish uchun vermikompostdan foydalanmoqchi, Aybek esa issiqxonasining qatorlaridan birida vermikompost yordamida sabzavot yetishtirishni rejalashtirmoqda.
Aybekning so'zlariga ko'ra, u tanlagan yo'l oson bo'lmagan. Shunga qaramay, u qat’iyat bilan o'z maqsadiga ergashishda davom etadi va yakuniy muvaffaqiyatga bo'lgan ishonchida mustahkam bo'lib tura oladi. "Men kelajagim uchun tanlagan yo'lim uzoq va mashaqqatli, tinimsiz e'tibor va kuch talab qilishini bilaman. Shunday bo'lsa-da, bu sohada mutaxassis bo'lish va barqaror kelajakka hissa qo'shish istagim meni oldinga siljitishda davom etmoqda", deb xulosa qiladi Aybek o'z faoliyati haqida o'ylar ekan.
Eslatma: Suvni tejaydigan texnologiyalar, akvamadaniyat, chorvachilik, texnologiya va dizayn bo'yicha treninglar BMTTD, UNFPA va FAOning hamkorlikdagi "Orolboʻyi hududining yaxshi himoyalanmagan hamjamiyatlaridagi iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi muammolarni hal qilish uchun yoshlar va zaif aholining moslashuv salohiyatini mustahkamlash orqali ijodiy va innovatsion imkoniyatlarini rivojlantirish" Qo’shma dasturi doirasida tashkil etildi. Dastur BMTning O’zbekistondagi Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondi tomonidan O‘zbekiston, Norvegiya, Yevropa Ittifoqi, Finlyandiya, Janubiy Koreya hukumatlari hamda “Alwaleed Philanthropies” xayriya tashkiloti ko‘magida moliyalashtirilgan.