BMT Taraqqiyot Dasturi tabiiy ofatlar xavfi mavjud hududdagi mahallalar aholisining FV bo‘yicha hozirlik darajasini oshirmoqda

1-August, 2024
a group of people sitting at a table
Foto: O‘zbekistondagi BMT Tarqqiyot Dasturi

BMT Tarqqiyot Dasturi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligida va Yashil iqlim jamgarmasining moliyaviy komagida Ozbekistondagi yettita hududda joylashgan 15 ta mahallaning 200 dan ortiq faol fuqarolariga favqulodda vaziyatdan oldin, u yuz berganida va undan keyin qanday harakat qilish choralari orgatildi. 

Treninglar bir nechta bosqichda otkazilib, ularning natijasi boyicha mahallalar uchun mahalliy chora-tadbir korish rejalari ishlab chiqildi. Ushbu rejalar mahalliy aholi evakuatsiyasini tashkil qilish hamda birinchi yordam korsatish imkonini yaratish orqali favqulodda vaziyatlar xavfini kamaytiradi va ularning oqibatlarini yumshatadi.

Jahon bankining reytingiga kora, Ozbekiston tabiiy ofatlarga moyil mamlakatlar reytingida yuqori orinlarni egallagan (24-orin). Mamlakat umumiy maydonining 9,3 foizi xatar hududida joylashgan bolib, unda 65,6 foizdan ortiq aholi istiqomat qiladi hamda aynan shu hududda milliy yalpi ichki mahsulotning 65,5 foizi shakllanadi. Iqlim ozgarishi oqibatida vujudga keladigan tabiiy ofatlar odamlarning halok bolishi va katta iqtisodiy yoqotishlarga sabab boladi. Tabiiy ofatlar ehtimoli yuzasidan erta ogohlantirish va aholining togri harakat qilishi - favqulodda vaziyatlarning salbiy oqibatlarini yumshatish imkonidir.

a group of people sitting at a table
Foto: O‘zbekistondagi BMT Tarqqiyot Dasturi

Hamjamiyatlar darajasida zaxira rejalashtirish va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik korish boyicha otkazilgan treninglar aholining tabiiy ofatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish orqali favqulodda vaziyatlar xatarini va oqibatlarini qisqartirishga yonaltirildi. Trening doirasida ishtirokchilar sel, qor kochishi, kochki, zilzila, toshqin kabi turli favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi bilan tanishdilar. Xususan, "Mahalla fuqaro muhofazasi" guruhlari shakllantirilib, ularning funksional majburiyatlari belgilandi, shuningdek FVV komagida mahalliy chora-tadbir korish rejasini yaratish ustida ish olib borildi.

"Trening davomida 70-80-yillarda sel oqimlari mahallamizga yetib kelgan holatlar yodimga tushdi, oshanda qanday harakat qilishni bilmasdik. Lekin hozir trening yordamida kop narsalarni organdik, bizga sel yuz bergan taqdirda harakatlar tartibi qanday bolishi kerakligi, qayerga borish zarurligini korsatib va sozlab berdilar",

- deya ortoqlashadi Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan "Kumushkon" mahallasida yashovchi Maysara Radjaboyeva. Uning mahallasi sel oqimlari va kochkilarga moyil hududda joylashgan.

a group of people sitting at a table
Foto: O‘zbekistondagi BMT Tarqqiyot Dasturi

"Men olingan axborotni, ayniqsa yoshlarga, yetkazish naqadar muhimligini tushunaman. Men tadbirkor sifatida mahalla aholisi bilan kop muloqot qilaman va bugun ozlashtirgan bilimlarimni ularga yetkazishga harakat qilaman", - dedi Maysara Radjaboyeva.

Toshkent viloyatidan tashqari, treninglar Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan va Fargona viloyatlarida ham otkazildi. Treninglar O‘zbekiston aholisini xavfli tabiiy hodisalarga chidamliligini oshirish uchun kompleks erta xabardor qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha BMTTDning keng ko‘lamli ishlarining bir qismi hisoblanadi.


BMTTD, FVV va O‘zgidromet xizmatining "O‘zbekiston aholisining iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlarga nisbatan chidamliligini oshirishga qaratilgan kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish" nomli qo‘shma loyihasi Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi. Loyiha faoliyati O‘zbekistonning aholisi zich va iqtisodiy jihatdan muhim bo‘lgan tog‘li hududlaridagi suv toshqinlari, sellar, ko‘chkilar, qor ko‘chkilari va gidrologik qurg‘oqchilik kabi tabiiy ofatlarga urg‘u bergan holda mamlakatdagi erta ogohlantirish tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan.