Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish mavzusida qisqa metrajli filmlar uchun ssenariylar tanlovi
9-October, 2024
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va BMT Taraqqiyot Dasturining Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi milliy ekotizimni mustahkamlash” loyihasi korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish mavzusida qisqa metrajli filmlar uchun ssenariylar tanlovini e’lon qiladi.
Tanlovning maqsadi – qisqa metrajli filmlar ssenariysi yaratishga ijodkor yoshlar va san’atkorlarni jalb qilish orqali aholining xabardorligini oshirish va korrupsiyaga nisbatan murosasizlik madaniyatini shakllantirish.
Tanlovning asosiy vazifalari:
- Ijtimoiy ahamiyatga ega asarlar yaratish tanlovida ishtirok etishga yosh mualliflar, ssenariy mualliflar, blogerlar, jurnalistlar va boshqa ijodkorlarni jalb etish;
- Ishtirokchilarga ssenariy yozish asoslari va g‘oyalarni filmda gavdalantirish usullari bo‘yicha mahorat darslari orqali o‘z malakalarini oshirish imkoniyatini berish;
- Turli platformalarda, OAVda, korrupsiyaga qarshi tadbirlar va xalqaro festivallarda translyatsiya qilish orqali filmlar yaratish va targ‘ib qilishda ko‘maklashish;
- Tanlov ishtirokchilari o‘rtasida fikr va tajriba almashish uchun shart-sharoitlar yaratish, bu esa mamlakat ichida madaniy va ijtimoiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi;
- Fuqarolarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ochiqligi va qat’iyatini namoyish etish orqali davlat organlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishonch darajasini oshirish.
Tanlovning asosiy takliflari:
- Tanlov ishtirokchilari uchun ssenariy bo‘yicha mutaxassislardan mahurat darslari va maslahatlar olish imkoniyati.
- G‘oliblar uchun o‘z ssenariylari asosida qisqa metrajli filmlar yaratish uchun grantlar.
Kimlar ishtirok etishi mumkin:
Tanlovda jurnalistlar, blogerlar, ssenariy mualliflikka intiluvchi (tegishli bakalavr darajasiga ega bo‘lmaganlar) va mualliflar, shuningdek, kinoga qiziquvchi va ijodkorlik yo‘li bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishga hissa qo‘shishni xohlovchilar ishtirok etadi.
Tanlovda hakamlar hay’ati a’zolari, tashkilotchilar, homiylar va ularning oila a’zolari ishtirok eta olmaydi.
Shartlar:
- O‘zbekiston Respublikasining jismoniy shaxsi va fuqarosi bo‘lish;
- Ishtirok etish uchun ariza topshirish, sinopsis (ssenariyning qisqacha tavsifi) va to‘liq ssenariyni tayyorlash uchun bevosita mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish;
- Ssenariylar original bo‘lishi, ilgari nashr etilmagan va boshqa tanlov yoki loyihalarda ishtirok etmagan bo‘lishi zarur;
- Har bir ishtirokchi faqat bitta ssenariy topshirishi mumkin;
- Ssenariylar rus yoki o‘zbek tillarida qabul qilinadi;
- Kelajakdagi filmlarning davomiyligi 5 daqiqadan 10 daqiqagacha bo‘lishi lozim;
Ishtirok etish tartibi:
- Tanlovning Konsepsiyasi va Nizomi bilan tanishib chiqish;
- O‘z haqidagi ma’lumotlarni va ssenariyning qisqacha tavsifini (300 so‘zgacha) onlayn arizaga to‘ldirish va ishtirok etish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish.
Arizalar 2024-yilning 23-oktyabrgacha qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumot uchun anti-corruption.contest@undp.org manziliga yoki +998 (90) 330-41-70, +998(94)775-82-60 raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin