BMT Taraqqiyot Dasturi va Paynet “Green Aral Sea” loyihasini qo‘llab-quvvatlash uchun birlashdi: Yashil kelajak uchun 23 mingdan ortiq daraxt
13-November, 2024
Toshkent, O‘zbekiston - Paynet BMTning Taraqqiyot dasturi tomonidan boshlab berilgan "Green Aral Sea" kraudfanding loyihasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 300 million so‘mlik xayriya qildi. Mazkur loyiha Orol dengizining qurigan tubida hayotni qayta tiklashga qaratilgan. Ushbu mablag‘ hududning og‘ir iqlim sharoitlariga moslashgan chidamli tur hisoblangan 23428 ta saksovul ko‘chatini ekishga yo‘naltiriladi. Bu esa ochilgan dengiz tubini barqarorlashtirish, zaharli tuzlarning tarqalishini oldini olish va mahalliy aholi uchun sog‘lom muhit yaratishga yordam beradi.
Doimo insonlarni e’tibor markaziga qo‘yib kelgan kompaniya sifatida, Paynet O‘zbekiston xalqining qalbiga yaqin bo‘lgan Orolbo‘yi hududiga "yashillik" olib kelish borasidagi sa’y-harakatlarning bir qismi bo‘lishidan mamnun.
"Paynetda biz shunchaki biznes emas, balki barqaror atrof-muhitga e'tibor qaratamiz va yurtimiz hamda uni o‘z uyi deb biladigan insonlarni chin dildan qadrlaymiz," dedi Paynet bosh direktori Anvar Isamuxamedov. "Ushbu hissa - bizning jamiyatga minnatdorchiligimiz ifodasi. Umid qilamizki, yanada ko‘proq mahalliy kompaniyalar yashil kelajak uchun birgalikda harakat qilishadi."
Paynet kabi "yashil" yetakchilar "Green Aral Sea" tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotganidan mamnunmiz. Bu hissa mahalliy kompaniyalarning ijobiy ekologik o‘zgarishlarga qanday hissa qo‘shishi mumkinligiga yorqin misol bo‘la oladi. Biz birgalikda nafaqat daraxt ekmoqdamiz, balki Orol dengizi inqirozidan zarar ko‘rgan jamoalar uchun yanada sog‘lom va barqaror kelajak poydevorini yaratmoqdamiz," - deydi BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilasi. Umid qilamizki, ushbu hamkorlik yanada ko‘proq tadbirkorlik subyektlarini atrof-muhitni muhofaza qilish va butun O‘zbekiston bo‘ylab barqaror turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash uchun birlashtirishga ilhomlantiradi."
O‘zbekiston xalqiga 18 yildan ortiq ishonchli xizmat ko‘rsatib kelayotgan Paynetning ahamiyatli tashabbuslarga e’tibori, "Green Aral Sea" tashabbusi qadriyatlari hamda shu kunlarda Bokuda o‘tkazilayotgan COP29 maqsadlari bilan uzviy bog‘liqdir. Biz birgalikda atrof-muhitni qayta tiklash g‘oyasini, har bir daraxtni ekish orqali, haqiqatga aylantirmoqdamiz.
"Green Aral Sea" platformasi haqida ko‘proq ma’lumot olish yoki unda ishtirok etish uchun quyidagi manzilga kiring: www.greenaralsea.org.