Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda 2023-yil 23-oktyabrdan 3-noyabrga qadar Toshkent shahrida PV panellari va quyosh isitgichlarini o‘rnatish bo‘yicha "Ishga Marhamat" monomarkazlari mutaxassis-o‘qituvchilarini (elektromontyorlar va santexnik-chilangarlar) tayyorlash bo‘yicha treninglar o‘tkazmoqda.
BMTTD yashil ish o'rinlari uchun mutaxassislar tayyorlash bo'yicha yagona markazlarni qo'llab-quvvatlaydi
30-October, 2023
O‘zbekiston Respublikasi hukumati qayta tiklanadigan energiya manbalaridan, ayniqsa, quyosh energiyasidan foydalanishga katta ahamiyat bermoqda. Jami 270-300 quyoshli kun bo'lgan mamlakatda quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlari juda katta. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi 57-son qarori bilan Respublika bo‘yicha aholi va yuridik shaxslar o‘rtasida qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalarini (xususan, PV panellar va quyosh kollektorlari) keng joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Bu alohida malakali mutaxassislarga talabning ortishidan dalolat beradi. BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi mazkur farmonni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda. BMT Taraqqiyot dasturi Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamkorligida “Ishga marhamat” mono-markazlari xodimlarini o‘qitish qaror qilindi.
Quyosh panellaridan foydalanish an'anaviy elektr energiyasi mavjud bo'lmagan chekka qishloq hududlarida infratuzilma muammolarini hal qilishga yordam beradi. Biroq, bugungi kunda quyosh panellari bo'yicha malakali mutaxassislarning etishmasligi muammosi mavjud. “Zamon bilan hamnafas bo‘lish” maqsadida BMT Taraqqiyot dasturi loyihalar doirasida “Ishga Marhamat” monomarkazlari o'qituvchilari (elektrik va santexnik-chilangarlar mutaxassisliklari bo'yicha) uchun treninglar o’tkazilmoqda. Ushbu treninglar 50% nazariy va 50% amaliy qismlardan iborat bo’lib, to'liq 5 kun davom etadi. Treninglar yetakchi kompaniyalardan biri tomonidan o’tkazilmoqda. Treningda ishtirokchilar quyosh panellari va quyosh kollektorlarini o‘rnatish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha asosiy ko‘nikmalarni egallash nazarda tutilgan. Kelgusida BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan monomarkazlar quyosh panellari va quyosh kollektorlarining maketlari bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.
Birinchi trening elektriklar uchun 2023-yil 23-27-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tdi. Keyingi trening santexnik-chilangarlar uchun 2023-yil 30-oktyabrdan 3-noyabrgacha bo‘lib o‘tadi.
Trening mavzulari ko’yidagilardan iborat:
- quyosh batareyalarini loyihalash;
- fotovoltaik modullarning turlari va o'rnatilishi;
- qayta zaryadlanuvchi batareyalarning xususiyatlari;
- tarmoqli (on-grid), gibrid va avtonom (off-grid) kuchlanish invertorlari;
- quyosh kollektorining ishlash tamoyillari;
- elektr ta'minotiga qo'yiladigan talablar va quyosh kollektorlaridan foydalanish xavfsizligi;
- fotovoltaik tizimlar uchun kabellar, qurilmalar, va boshqa mavzular.
Trening ishtirokchilari kichik guruhlarga bo'linib, bilimlarni mustahkamlash uchun quyosh panellari obyektlarida amaliyot o'tadilar. Trening so’ngida monomarkazlar ishtirokchilari kelgusida mustaqil ravishda dars o’tishlari uchun barcha uslubiy materiallar (yani taqdimotlar, o‘quv dasturlari va tarqatma materiallar) bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.
BMTTD hamkorlarning barqaror energiyani keng joriy etish va yashil ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.