O'zbekistonda tengsizliklarni kamaytirish bo’yicha salohiyatni kuchaytirish: ko'p o'lchovli kambag’allikni o'lchash bo'yicha seminar
29-September, 2023
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda Oksford kambag'allikka qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish tashabbusi (OPHI) O‘zbekiston poytaxti Toshkentda mamlakatning ko’p qirrali kambag’allikni o‘lchash va uni qisqartirish yondashuvini takomillashtirishga qaratilgan besh kunlik seminarni yakunladi. 2023-yilning 25-29-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan seminarda O‘zbekistonning asosiy tuzilmalari, jumladan, kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Statistika agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) qoshidagi Siyosiy tadqiqotlar va targʻibot markazining siyosat bo‘yicha mutaxassislari, statistika sohasi mutahassislari va texnik ekspertlar ishtirok etdi.
Seminarda asosiy e’tibor ko'p qirrali kambag’allik o’lchovining kontseptual va texnik jihatlari atrofida bo'lib, unda kambag'al aholi manfaatilariga qaratilgan siyosatni ishlab chiqish uchun ko'p qirrali ko’rsatkichlarni amalga oshirish va ulardan foydalanish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Taniqli ekspertlar, OPHI dasturlari va operatsiyalari bo‘yicha direktori, professor Korin Mitchell va OPHI tahlilchi-tadqiqotchi Fanni Kovesdi boshchiligida ishtirokchilar Alkir-Foster (AF) metodining nizik jihatlarini o‘rganishdi, loyihalash va hisoblash, shuningdek, ko'p qirrali kambag’allik indeksi (MPI) tahlili bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishdi.
Kun tartibida ikki muhim jihat: siyosiy ta’lim va texnik ta’lim qamrab olindi. Dastlabki ikki kun davomida o'tkazilgan siyosat bo’yicha mashg’ulotlarda ko'p qirrali kambag’allikni o'lchash, uning 2030 yilgacha bo'lgan kun tartibi (BRM) kontekstidagi ahamiyati va kambag’allikning monetar ko'rsatkichlari bilan bir-birini to'ldirishi haqida keng qamrovli ma'lumot berildi. Ishtirokchilar, shuningdek, MPIni tartibga solish yechimlarini, global va milliy MPI va ilg‘or tajribalarni, manfaatdor tomonlar xaritasini tuzishni, MPIdan siyosatda foydalanish va O‘zbekiston uchun moslashtirilgan tuzulmalashtirish strategiyalarini ko‘rib chiqdilar.
TXVUning tashkiliy yordami bilan, qolgan uch kun davom etgan keyingi texnik mashg'ulotlarda siyosiy qismni Stata dasturi yordamida milliy MPIni yaratish va hisoblashning texnik jihatlari bilan birlashtirildi. Sessiyalarda ma'lumotlarga bo'lgan talablar, ko'rsatkichlari ishlab chiqish, deprivatsiyalar matritsasini yaratish, assotsiatsiyalar va ortiqchalikni, shuningdek barqarorlikni tahlil qilish kabi muhim mavzular ko'rib chiqildi. Interfaol mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilar namunaviy ko‘rsatkichlarni tuzish va MPIni baholash, amaliy va chuqur o‘rganish tajribasini ta’minlash bo‘yicha o‘z malakalarini oshirdilar.
BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili vazifasini bajaruvchi janob Anas Fayyad Karman o‘zining kirish so‘zida seminarning ahamiyatiga to‘xtalib, kambag’gallikni qisqarishda ko‘p qirrali yondashuv muhimligini ta’kidladi. Uning ta'kidlashicha, seminar nafaqat texnik tadbir, balki ma'naviy majburiyat bo'lib, u ekspertlar va manfaatdor tomonlarni bilim, hamkorlik va innovatsiyalarning o'zgartiruvchi kuchi orqali O'zbekistonning rivojlanish yo'lidagi imkoniyatlarini kuchaytirishga qaratilgan umumiy majburiyat atrofida birlashtiradi.
Ushbu tashabbus Lyuksemburg va Koreya Respublikasi hukumatlari tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturining “Moliyalashtirish oynasi” orqali ko'rsatgan saxovatli yordami tufayli amalga oshirildi. U O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi rivojlanish strategiyasida, shuningdek, "O'zbekiston 2030" strategiyasida bayon etilgan O'zbekistonning ulkan maqsadlariga uzviy ravishda mos keladi, bu mamlakatning kambag’allikni ikki baravar kamaytirish va tengsizlikni har tomonlama qisqartirish, shuningdek, O'zbekistonni 2030 yilga borib daromadi o’rtachadan yuqori bo'lgan davlatga aylantirish majburiyatini kuchaytiradi.
Seminar natijalari, jumladan, o'zbekistonlik mutaxassislar tomonidan olingan bilim va orttirilgan tajriba yanada inklyuziv, adolatli va farovon O'zbekiston sari muhim qadam bo'ldi. Seminar davomida to'plangan ma'lumotlar barcha fuqarolar uchun yorqin kelajakni ta'minlaydigan, faktik dalillarga asoslangan siyosatni ishlab chiqish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
Loyiha haqida ko'proq ma'lumot: Global va mintaqaviy beqarorlik muammolari davrida ijtimoiy-iqtisodiy tafovutni bartaraf etish