Agrometeorologik byulleten №3

Agrometeorologik byulleten

pdf (1.8MB)

Download

Agrometeorologik byulleten №3

24-January, 2024

Iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning eng zaif sektorlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Ob-havoning tez-tez o‘zgarib turishi, ekstremal hodisalar va yog‘ingarchilikning o‘zgarishi qishloq xo‘jaligi sohasi uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqmoqda.

Shu nuqtai nazardan, iqlim o‘zgarishini oqibatlaridan xabardor bo‘lish va ularga moslashish qishloq xo‘jaligi barqarorligini oshirishga yordam beradi.

Shu munosabat bilan, BMTTD Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi va barqarorlik” loyihasi doirasida O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi bilan birgalikda 2023-yil noyabrdan dekabrgacha bo‘lgan davr uchun ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan uchinchi agrometeorologik byulletenni nashr qildi.

Ushbu byulletenda Farg‘ona vodiysining 2023-yilning oxirgi oylarida kuzatilgan iqlim sharoiti haqida ma’lumotlar, fermerlarga ushbu o‘zgarishlarga moslashish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Birinchi byulletenni bu yerda, ikkinchisini esa bu yerda topish mumkin.