BMTTD yozgi maktabi huquqshunos talabalarga oiladagi va gender asosidagi zo‘ravonlikka uchraganlarga ko‘mak ko‘rsatishni o‘rgatdi

Muallif: Ikhtiyor Abdurakhmanov

17-July, 2024
a group of people posing for a photo
Rasm: BMTTD O'zbekiston

1-4-iyul kunlari BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan va Finlyandiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan loyihasi doirasida 4 kunlik yozgi maktab tashkil etildi.

Huquq fakulteti talabalariga oilaviy va gender zo‘ravonligidan jabr ko‘rganlarga huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan ushbu tashabbus O‘zbekistonning turli oliy o‘quv yurtlari, jumladan, Toshkent davlat yuridik universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Namangan davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Andijon davlat universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetlaridan 30 nafar fidoyi huquqshunos talabalarni birlashtirdi.

Loyiha doirasida tashkil qilingan maktab oilaviy va jinsiy zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarga bepul yuridik yordam ko‘rsatish,  jamiyatda gender stereotiplari bilan bog‘liq bo‘lgan hamda maishiy va genderga asoslangan zo‘ravonlikka hissa qo‘shadigan kuch dinamikasi, ayollar va bolalarga nisbatan jinoyatlarning tasnifi, jabrlanuvchining xavfsizligini ta’minlash, gender tengsizligi hamda madaniy me’yorlarni tushunish kabi mavzularni qamrab oldi. Shuningdek, yuridik yordam olishda chegaralangan guruhlar duch keladigan qiyinchiliklar, oilaviy va gender zo‘ravonligidan jabr ko'rgan ayollar hamda bolalarga qarshi jinoyatlarning tasnifi, ular bilan muloqot qilish mavzulari,  bo‘lajak huquqshunoslar uchun ayniqsa foydali bo‘ldi.

a group of people sitting at a desk in front of a crowd
Rasm: BMTTD O'zbekiston

Mediasavodxonlik va inson huquqlarini ilgari surish va himoya qilish uchun samarali kontent yaratish ko‘nikmalari esa yoshlarga kelajakda huquqlarni himoya qilish, xabardorlikni oshirish, tenglik va adolatni ta’minlashga imkon beradi.

Loyiha ishtirokchilaridan biri, bo‘lajak huquqshunos Toshkent davlat yuridik universiteti  talabasi Kamron Akramov yozgi maktab jamoaviy ruhni rivojlantirish va yangi talabalar bilan uchrashish uchun ajoyib platforma bo‘lganini ta’kidladi. - "Murabbiylar biz bilan muloqotda yuqori professionallikni namoyish etdilar va har birimiz uchun iliq atmosferani tashkil qila olishdi", - dedi Kamron. - "Tashkilotchilar har bir mavzuga alohida e’tibor berib, iloji boricha mashg‘ulotlarda faol qatnashishimizni ta’minlashdi. Biz kelajakda haqiqatdan foydali bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldik".

Tajribali mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv dasturida interfaol metodologiyalar, jumladan, ma’ruzalar, amaliy tadqiqotlar, guruh muhokamalari va holatni ijro etib berish orqali ko‘rsatishdan foydalanildi. Ushbu usullar talabalarga materiallar bilan chuqur shug‘ullanish, real hayot ssenariylarini tahlil qilish va omon qolganlarga yordam berish uchun amaliy strategiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.

Ushbu yozgi maktabni tashkil etish orqali BMTTD loyihasi ishtirokchilarining oiladagi va gender asosidagi zo‘ravonlikka ta’sir etuvchi ijtimoiy-madaniy omillar haqidagi tushunchalarini oshirish maqsadiga erishdi. Shuningdek, kuch dinamikasi, gender tengsizligi va ijtimoiy me’yorlar mavzusida loyiha ishtirokchilarida empatik va travmatik huquqiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini rivojlantira oldi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi Timur Razzoqov yozgi maktab ishtirokchilarga avval ularda mavjud bo‘lmagan ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini berganini aytdi. Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Mashhura Latipova esa maktabda oiladagi nizo va oilaviy zo‘ravonlik o‘rtasidagi farq haqida bilib olganini aytadi.  – “Men avval ko‘pgina terminlarning bir-biridan farqini bilmas edim. Mashg‘ulotlarda oiladagi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rganlarga qanday yordam berish, qayerga murojaat qilish va ular bilan qanday muomalada bo‘lishgacha o‘rgandim”, deydi  Mashhura.

BMTTD Yozgi maktabi bo‘lajak huquq mutaxassislarini oiladagi va gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi kurashish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlagan holda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Interfaol ta’lim va mutaxassislarning yo‘l-yo‘riqlari orqali ishtirokchilar endi o‘z jamoalarida empatik, travmadan xabardor yuridik yordam ko‘rsatish va inson huquqlarini himoya qilish uchun yaxshiroq tayyorlanmoqda.