O‘zbekiston Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib COVID-19 ga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan gospitallar qurilishini boshladi. 25-mart kuni, faqat 55 nafar kasal aniqlanib, ammo karantinga joylashtiriladigan odamlar soni osha boshlaganida, kasalxonalardagi yuklamani kamaytirish uchun gospitallarni barpo etish ishlari boshlandi. Karantin zonasini nafaqat qisqa muddatlarda, balki sanitariya-epidemiologiya bo‘yicha eng so‘nggi talablarga muvofiq barpo etish davlat ahamiyatiga ega vazifaga aylandi. Qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun gospitallar va karantin zonalari qurilishida energiya tejamkor materiallar va texnologiyalardan foydalanildi.
Shu bilan bir qatorda, Zangiota tumanida 2 ming o‘rinli va 4 mingtagacha kengaytirish imkoniyati bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasi qurilishi boshlandi.
BMT Taraqqiyot dasturi respublikaning qurilish sohasida energiya tejamkor yechimlarni joriy etish borasida birinchilardan bo‘ldi. U 2017-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasi doirasida yashil qurilish va yashil iqtisodiyotni ilgari surishga yo‘naltirilgan faoliyatni yuritib kelmoqda. Loyihaga grant mablag‘larini ajratish ishlari BMT iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Doiraviy Konvensiyasining moliyaviy mexanizmi hisoblangan Global ekologiya fondi (GEF) tomonidan amalga oshirilyapti.
Loyihani ro‘yobga chiqarish jarayonida qurilishda energiya tejalishini ta’minlash, uglerod izini kamaytirish va, natijada, iqlim o‘zgarishining oldini olish (issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish) uchun iqtisodiy jihatdan asosli deb tan olingan qurilish sohasidagi energiya tejamkor va past uglerodli (tiklanadigan energiya manbalaJahon hamjamiyati tez rivojlanayotgan COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashayotgan va odamlarni uydan chiqmaslikka chaqirayotgan bir paytda, Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya va Tayvan davlatlari asta-sekin avvalgi, tibbiy niqoblarsiz va izolyatsiyasiz hayotga qaytmoqda. Singapur olimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin kunlarda ushbu ro‘yxatga O‘zbekiston ham kirishi va MDH mamlakatlari orasida epidemiyani oldinroq yengib o‘tgan birinchi mamlakatga aylanishi mumkin.
Avval boshidanoq hukumat virusning O‘zbekistonni chetlab o‘tishi borasida xomxayolga berilmadi. 15-mart kuni mamlakatda ilk bor COVID-19 qayd etildi va hukumat shu kunning ertasigayoq tezkor choralarni ko‘rdi: transport va aviaparvozlar to‘xtatila boshlandi, barcha bolalar va o‘quv muassasalari yopilishi haqida e’lon qilindi, nooziq-ovqat mahsulotlari bozorlari va savdo markazlarining faoliyati to‘xtatildi. Gospitallarni qurish eng asosiy va strategik muhim qarorlardan biriga aylandi.
O‘zbekistonning 5 ta hududida qishloq aholisi uchun hamyonbop bo‘lgan past uglerodli 800 ta bir qavatli 3 xonali uylar (ya’ni yashil imoratlar) barpo etildi, jumladan Samarqand viloyatida 176 ta uy, Suxondaryo viloyatida 185 ta uy, Farg‘ona viloyatida 206 ta uy, Xorazm viloyatida 112 ta uy va Buxoro viloyatida 121 ta uy qad ko‘tardi.
Qurilish vazirligining energiya tejamkor va past uglerodli uy-joylarni qurish borasidagi tajribasi Toshkentning Chilonzor tumanida yana bir kasalxonani qisqa muddatlarda foydalanishga topshirish imkonini berdi. Bino energiyani tejash borasida katta salohiyatga ega bo‘lgan yuqori sifatli innovatsion qurilish materiallaridan foydalangan holda qurildi. Bu yerda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur sharoitlar ko‘zda tutilgan.
COVID-19 ga qarshi kurashish doirasida barpo etilgan barcha tibbiy muassasalar mustahkam va pishiq inshootlar bo‘lib, kelajakda ko‘p profilli tibbiy markazlar sifatida foydalanilishi mumkin. Ushbu klinikalar qisqa muddat ichida qurilganiga qaramasdan, tegishli xalqaro andozalarga javob beradi.
Bu boradagi muvaffaqiyatli tajriba O‘zbekistonga qo‘shni mamlakatlarda ham koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga ixtisoslashgan tibbiy muassasalarni qurishga ko‘maklashish imkonini berdi. Xususan, 2020-yil may oyida O‘zbekistondan Tojikistonga temir yo‘l orqali insonparvarlik yordami sifatida O‘SV (o‘pkani sun’iy ventilyatsiyalash) apparatlari bilan jihozlangan 500 ta tibbiy konteyner yetkazib berildi. Har bir konteyner bu kichikroq palata bo‘lib, unda davolanish va yashash uchun barcha zarur jihozlar mavjud.
Zamonaviy energiya tejamkor va past uglerodli uy-joylar va kasalxonalar qurilishi zamonaviy qurilish materiallari bozori bilan chambarchas bog‘liq. Karantin davrida qurilish materiallari korxonalarida ishlab chiqarish hajmlari 30-40% ga qisqardi, xomashyo savdosi ham tushib ketdi. “O‘zqurilishmateriallari” Assotsiatsiyasi import o‘rnini bosuvchi qurilish materiallari ishlab chiqarishini kengaytirish hamda 2020-yilda energiya tejamkor qurilish materiallarini ishlab chiqarish va shunday materiallar qo‘llanadigan obyektlarni loyihalashtirishni ko‘zda tutuvchi 7 ta loyihani ishga tushirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda.
Masalan, BMTTD/GEF va Qurilish vazirligining hamkorlikdagi “O‘zbekistonda energiya tejamkor qishloq uy-joylarini qurishni rivojlantirishga ko‘maklashish” loyihasini amalga oshirish jarayonida qishloq joylarida dastlabki past uglerodli individual uy-joylarni qurishda respublikada mavjud bo‘lgan qurilish materiallari va ilg‘or texnologiyalardan foydalanilyapti. Xususan, binolarning energiya samaradorligini va maishiy ehtiyojlar uchun quyosh energiyasidan foydalanishni ta’minlaydigan tsokolning issiqlik izolyatsiyasi, pollar va devorlarni bazalt qoplamalar bilan issiq qilish, issiqlikni qaytaruvchi yuzalardan foydalanish, quyosh panellari va suv isitgichlarini o‘rnatish shular jumlasiga kiradi.
Bu binolarda elektr va issiqlik energiyasini tejash imkoniyati taqdim etilishi bilan birga, xonalar ichida yilning ham issiq, ham sovuq davrida istiqomat qiluvchilar, bemorlar va tibbiy xodimlar uchun qulay sharoitlar yaratiladi, bu esa odamlarning sog‘lig‘iga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shunday qilib, ishlarni yuqori darajada tashkillashtirish, o‘z vaqtida tashhis qo‘yish, karantin zonalari va yuqumli kasalliklar shifoxonalarini qurish tufayli O‘zbekiston yangi kasallanish holatlarining ko‘payishiga chek qo‘yishga erishdi.