Vatanga qaytganlar uchun bosqichma-bosqich xavfsiz makon yaratish

28-July, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Beshariq, O‘zbekiston – mamlakat sharqida joylashgan Beshariq shahridagi maktab psixologi va ijtimoiy xodimi sifatida Ziroat Dehqonova xonim so‘nggi yillarda doimiy  ravishda uchrab turadigan muammoga duch kelmoqda: u ziddiyatli hududlardan qaytgan bolalar va oilalarga jamiyatda o‘z o‘rnini topishlrari uchun kurashmoqda. Ular uchun eng keng tarqalgan muammo - bu ijtimoiy aloqalarning yo’qligidir ",- deydi u. Maktab ijtimoiy yordam ko'rsatish markazida u bolalar, ayollar, ota-onalar va mahallaning boshqa aholisi bilan ish olib boradi, ularning shaxsiy va kasbiy muammolarini hal qiladi.

O‘tgan yilning may oyida Dehqonova xonim va O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysidagi 120 nafar boshqa ijtimoiy soha xodimlari empatik muloqot uslublar, haqoratlar va kamsitishlardan хoli bo’lgan aloqa, birinchi qo‘ldan psixologik yordam ko‘rsatish, qaytganlarni ijtimoiy faoliyatga yanada samarali jalb qilish usullari va ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha o‘qitildi.

Trening BMTTDning mintaqada zo‘ravon ekstremizmning oldini olish bo‘yicha sa’y-harakatlarining bir qismi bo‘lib, Suriya va Iroqdan xorijiy terrorchi jangarilarning oilalarini o‘z mamlakatlariga qaytarishga yordam beruvchi reintegratsiya va reabilitatsiya tashabbuslarini o‘z ichiga oladi.

Ular mahalliy xizmat ko'rsatuvchilarni o’z muammolari bilan tanishtirish orqali qaytib kelganlarga ijtimoiy tuzilmaning bir qismi bo'lishga yordam berishlari va mahalliy iqtisodiyotda faol rol o'ynashlari, ijtimoiy bo'linishlarning oldini olishlari va butun boshli jamoalarning zo'ravon ekstremistik va boshqa buzg'unchi g'oyalarga chidamliligini oshirishga yordam berishlari mumkin.

Ijtimoiy xodimlarni tayyorlash BMTTDning Markaziy Osiyoning beshta davlatini qamrab olgan yirik mintaqaviy tashabbusining bir qismi bo‘lib, Yevropa Ittifoqi va BMT o‘rtasidagi hamkorlikdir.

"Ruhiy salomatlik va psixo-ijtimoiy madad ularning jamiyatga qo'shilishiga yordam berish uchun juda muhimdir.  Bu ularga nafaqat qaytib kelganidan keyin, balki keyingi oylarda ham kerak", - deya qo'shimcha qildi Dehkonova xonim.

2019-2021 yillarda O'zbekiston Suriya, Iroq va Afg'onistondan 531 nafar fuqarosini vataniga qaytardi. BMTTD loyihasi repatriatsiya va reintegratsiya bo'yicha davlat tashabbuslari bilan bir vaqtda amalga oshirilmoqda. Dehkonova xonim yashaydigan hududda hukumat muhtojlarga, shu jumladan vataniga qaytarilgan fuqarolarga 74 ta kommunal xonadondan iborat blokni vaqtincha foydalanish uchun ajratdi.

Mintaqaviy tashabbus amalga oshirilayotgan boshqa mamlakatlarida bo'lgani kabi, BMTTD ishi ham O'zbekistonda mahalliy fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda olib borilmoqda, bu esa mahalliy aholi (xususan, ayollar) fikrini hisobga olishni va joylarda ish olib borishni ta'minlovchi eng muhim tarkibiy qism hisoblanadi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

O‘zbekistonda BMTTD hukumatga reintegratsiya va reabilitatsiya ishlarida ko’maklashib kelayotgan mahalliy NNT – Respublika Bolalarni ijtimoiy moslashtirish markazining Farg‘ona viloyati bo‘limi bilan sa’y harakatlarini birlashtirdi. Bu treninglarda Farg'ona vodiysining madaniy xususiyatlarini aks ettirishga imkon berdi.

Ushbu hamkorlik ijtimoiy xodimlarga qaytib kelgan oilalarni yaxshiroq tushunish va qo'llab-quvvatlash imkonini berish uchun ruhiy salomatlik va psixo-ijtimoiy qo'llab-quvvatlash yondashuvlaridan foydalanadigan loyihaning muvaffaqiyatiga hissa qo'shdi.

“Yaqin-yaqingacha odamlar o‘z dardini hech kim bilan baham ko‘rmasdi”, – deb eslaydi, yaqinda tuman hokimligi tomonidan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi etib tayinlangan g‘ayratli, hamdard mahalliy aholi vakilasi Gulnoza Toshmatova.

Jamoasida 10 yil ishlagandan so‘ng, u o‘z hududidagi ijtimoiy dinamikaning evolyutsiyasi haqida fikr yuritadi: “Endi ular mening ofisimga kelishadi yoki shikoyatlarini aytish uchun menga qo‘ng‘iroq qilishadi. Trening tufayli biz ularga qanday qilib yaxshiroq yordam berishni bilib oldik. Bu katta qadam!

Toshmatova xonim bilan 200 dan ortiq kishi qo‘shni yashaydi. Endi u o'zini ularning ishongan odami deb biladi.

U xulosa qilib, shunday deydi: "Qaytganlar bilan ishlash juda ko'p qiyinchiliklar bilan bog’liq. Biz hamdardlik bilan boshlashni o'rgandik, qaytganlarga biz ularning tarafida ekanligimizni ko'rsatdik. Shundan keyin biz ularning muammolarini birma-bir hal qilishga kirishishimiz mumkin."

Qo'shimcha ma'lumot uchun murojaat qiling: Nika Saeedi <nika.saeedi@undp.org>