Sovitish texnikasi va sovitish tizimlariga xizmat ko‘rsatish asoslari bo‘yicha qo‘llanma
Sovitish texnikasi va sovitish tizimlariga xizmat ko‘rsatish asoslari bo‘yicha qo‘llanma
13-March, 2017
Sovitish texnikasiga bag‘ishlangan ushbu qo‘llanma sovitish tizimlarining texnik xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda o‘quvchilar sovitish texnikasi hamda sovitish tizimlariga xizmat ko‘rsatish asoslari haqida ma’lumot oladilar. Bundan tashqari qo‘llanmada quyidagi masalalar yoritilgan: qanday qilib sovitish texnikasi ozon qatlamining yemirilishiga hamda iqlimning o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazadi; sun’iy sovuqlik olishning asoslari; sovitish agentlari; sovitish mashinalari va qurilmalarini ekspluatatsiya qilishning asosiy holtlari va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar; asosiy nosozliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari.
Shunisi e’tiborliki, ushbu sovitish texnikasiga bag‘ishlangan qo‘llanma o‘zbek tilida yozilgan birinchi qo‘llanma hisoblanadi. U Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi, Global ekologik jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining “Iqtisodiyotni o‘tish davridagi mamlakatlar (IO‘DM) hududida gidroxlorftoruglerodlardan (GXFU) foydalanishni jadal qisqartirishning birlamchi bajarilishi – O‘zbekiston Respublikasi” loyihasi doirasida 2017 yilda tayyorlandi.