Nikohdan ajratishga doir ishlar: odil sudlov genderga taalluqlilik masalasini hisobga oladimi?

3-October, 2023
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Kirish

O‘zbekistonda 2017 yildan buyon xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning jamiyatdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Mamlakatda ro‘y berayotgan so‘nggi o‘zgarishlar ushbu tashabbuslar davom etayotganidan dalolat bermoqda. Ushbu blog postda biz O'zbekistondagi xotin-qizlar huquqlariga oid sud amaliyotini ko'rib chiqamiz, bunda ayollarning da'vogar yoki javobgar sifatida chiqqan ishlarga alohida e'tibor qaratiladi.

Sud faoliyati tahlili

Tahlil qilish uchun biz Oliy sud veb-saytida joylashtirilgan sudlar faoliyati to'g'risidagi statistik hisobotlarni o'rganib chiqdik. Ushbu hisobotlarda har xil turdagi sudlar, davriylik va boshqa omillar to'g'risida qimmatli ma'lumotlar mavjud bo'lib, ularda statistik ma'lumotlar jadvallar shaklida keltirilgan. Biroq, shuni ta'kidlash kerakki, mavjud statistik hisobotlarda xotin-qizlarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini baholash uchun zarur bo'lgan gender bo'yicha to'liq ma'lumotlar mavjud emas.

Statistik ma'lumotlar asosida qilingan xulosalar

Tahlil qilingan 497 ta statistik shakldan faqat yettitasi gender kesimidagi ma'lumotlarni taqdim etadi. Bu BMT Qo'mitasining xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish bo'yicha (CEDAW) 33-sonli Bosh tavsiyanomasi tavsiyalariga to'g'ri kelmaydi, hujjatda xotin-qizlarning odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlariga oid keng qamrovli ma'lumotlar olinishi zarurligi qayd etib o’tilgan. Xalqaro standartlarga javob berish uchun Oliy sud sudlarda joriy etilgan zamonaviy AKT vositalaridan foydalangan holda, gender kesimida ajratilgan ma'lumotlarni avtomatik ravishda to'playdigan qo'shimcha statistik shakllarni ishlab chiqishi kerak. BMTTD o‘zining “O‘zbekistonda qonun ustuvorligi yo’lida hamkorlik” loyihasi doirasida Oliy sudga sud qarorlarini veb-saytda e’lon qilishni o‘z ichiga olgan elektron sudlov tizimini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishda ko‘mak berdi.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Nikohdan ajratishga doir ishlarni o’rganish

Sudlar xotin-qizlar huquqlari bilan bog'liq ishlarni qanday ko'rib chiqishi haqida tasavvurga ega bo'lishi uchun biz nikohdan ajratishga doir ishlar bilan bog'liq 527 ta sud qaroriga e'tibor qaratdik. Nikohdan ajratishga doir ishlar ularning odil sudlovdan foydalanishdagi ahamiyati va oilaviy ajrimlar sonining sezilarli darajada o'sib borayotgani tufayli tanlangan. Odil sudlovning ochiqligi, shuningdek, odil sudlovning gender kesimidagi ma'lumotlarining mavjudligi va shaffofligi BMTTDning gender tengligini ta'minlash bo'yicha umumiy majburiyatiga mos keladi. BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston hukumatini xotin-qizlar uchun odil sudlovdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va sud tizimida ayollarning vakilligini oshirishda qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. 2019-yilda BMTTD Milliy statistika qo‘mitasini gender kesimidagi ma’lumotlar yig‘iladigan alohida gender.stat.uz veb-saytini ishga tushirishda qo‘llab-quvvatladi. Bundan tashqari, 2020-yilda BMTTD tomonidan “Sud tizimida xotin-qizlarning vakilligini oshirish bo‘yicha eng yaxshi xorijiy tajriba” ma’ruzasi tayyorlandi, natijada Sudyalar oliy maktabida ayollar uchun gender kvotalari joriy etildi.

Ajrimlar bilan bog’liq holatlarining ko'payishi

2020-yildan beri nikohdan ajratishga doir ishlar bilan bog’liq holatlar ko‘payib bormoqda. 2021-yilda oilaviy ajrashish holatlari oldingi yilga nisbatan 16 foizga, 2022-yilda esa 50 foizdan oshdi (2-jadvalga qarang).

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Nikohdan ajratishga doir ishlarda ruxsat berish

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar 74,95% hollarda nikohdan ajratishga doir ishlar tog’risidagi arizalarni qanoatlantirgan va 25,04% hollarda rad etishgan. Bu tendensiya yillik statistikaga mos keladi: sudlar 2021-yilda 52,79% va 2022-yilning birinchi to‘qqiz oyida 58,54% hollarda oilaviy ajrimlar to’g’risidagi arizalarni qanoatlantirgan.

Nikohdan ajratishga doir ishlarda gender kesimi

Tahlil qilingan 527 ishning 34,35% ayollar va 65,65% erkaklar tomonidan qo'zg'atilgan. Sudlar ayollar tomonidan da'vo arizasi berilganda oilaviy ajrimga ruxsat berish ehtimoli ko'proq: muvaffaqiyat darajasi erkaklar uchun 69%, ayollar uchun esa 86% ni tashkil etadi (3-jadvalga qarang).

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Javobgarlarning fikrlarini hisobga olish

Sudlar, odatda, nikohdan ajratishga doir ishlar to'g'risidagi sud muhokamalarida tergovchilarning fikrlarini hisobga oladi. Oilaviy ajrimga ruxsat berilgan hollarda javobgarlar 68,35% hollarda ajrashishga qarshi bo’lmagan, 7,86% hollarda uni rad etgan, 23,79% hollarda esa sud majlislariga kelmagan. Ajrim ruxsat etilmagan sharoitda javobgarlar 78,04% hollarda ajrashishga qarshi chiqishgan, 4,54% hollarda esa ajrashishga e'tiroz bildirmaganlar, 17,42% holatda esa sud majlislariga kelishmagan (4-jadvalga qarang).

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Jismoniy zo'ravonlik muammosi

Nikohdan ajratish bilan bog’liq ishlarda jismoniy zo'ravonlik masalasini hal qilish juda muhimdir.  Ajrashish uchun sabab sifatida “javobgar tomonidan jismoniy zo‘ravonlik qo‘llangan” deb ko‘rsatilgan, da’vogar ayollar bo’lgan 10 ta ishning atigi 4 tasida sudlar nikohdan ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Qolgan 6 ta holatda sudlar ajrashishni rad etishgan, bu esa, ayollarni qo’pol munosabat bilan bog’liq og’ir vaziyatda qoldirishi mumkin. Sudlar zo'ravonlik da'volari bo'yicha qo'shimcha tekshiruvlar o'tkazmagan va javobgarlar ko'pincha bu da'volarga munosabat bildirishmagan. Ayollar xavfsizligini ta'minlash uchun sudlar himoya orderlarini ko'rib chiqish va xavfsiz joylarni ta'minlash orqali keyingi zo'ravonlik xavfini minimallashtirish choralarini ko'rishlari kerak. 2023-yildan so‘ng O‘zbekistonda oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutilgan yangi qonun qabul qilingandan keyin vaziyat tubdan o‘zgarishiga umid qilamiz.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Ushbu tahlil asosida biz bir nechta asosiy xulosalarni chiqarishga muvaffaq bo’ldik:

O‘zbekistonda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar, ham da’vogar, ham javobgar sifatida chiqqan ayollarning ehtiyojlariga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Biroq, adolatga erishish uchun gender tengligini ta'minlash borasidagi doimiy sa'y-harakatlarni amalga oshirish kerak.

Nikohdan ajratishga doir ishlar tahlili cheklangan boʻlib, 2021-yilda fuqarolik sudlari tomonidan koʻrilgan barcha ajrashishlarning 1% dan kamrogʻini tashkil etadi. Toʻliqroq maʼlumotga ega boʻlish uchun Oliy sud gender kesimidagi maʼlumotlarni avtomatik tarzda toʻplaydigan yangi statistik shakllarni ishlab chiqishi maqsadga muvofiq.

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar nikohdan ajratishga doir ishlarda jismoniy zoʻravonlik toʻgʻrisidagi daʼvolarni koʻrib chiqish, ayollarning xavfsizligi va farovonligini taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratishlari kerak. Himoyaga qaratilgan sud buyruqlari kabi qo'shimcha himoya choralari ko'rib chiqilishi ham ayni muddao.

Nikohdan ajratishga doir ishlarning oqibatlari, jumladan, bolalar ustidan vasiylik, mulk taqsimoti va moddiy yordam masalasi sud jarayonlarida ko'proq e'tiborni talab qiladi. Fuqarolik sudlari ushbu muammolarni samarali hal etish orqali kelajakdagi nizolar ehtimolini kamaytirishi va barcha ishtirokchilarga adolatli munosabatda bo'lishini ta'minlashi mumkin.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Ajrashish uchun norasmiy nikoh munosabatlari va farzandsizlik kabi asoslar yarashish jarayoniga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. Sudlar ushbu omillarni va ularda ishtirok etayotgan shaxslarga potentsial ta'sirini hisobga olishlari muhimdir.

Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda
Fotosurat: BMTTD O'zbekistonda

Qonunchilikda belgilangan yarashuv davri talablarini qayta ko'rib chiqish nikohdan ajratishga doir ishlar jarayonini yanada samarali va adolatli o'tkazilishiga olib kelishi mumkin. Sudlar yarashuv muddati belgilanmagan holda harakat qilishi mumkin bo'lgan holatlarni aniqlash ishlarning hal etilishini tezlashtirishi va sud tizimi yukini yengillashtirishi mumkin.

BMTTD milliy hukumat, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda genderga asoslangan zo'ravonlikning asosiy sabablarini, jumladan, jins bo’yicha kamsitish va noteng kuch munosabatlarini bartaraf etishga intiladi va xotin-qizlarni zo'ravonlikdan himoya qiluvchi siyosat va qonunchilikni ishlab chiqishni qo'llab-quvvatlaydi. Ushbu tadqiqot mazkur ishning bir qismidir va umid qilamizki, uning yakunlanishi ayollar huquqlarini himoya qilishni yanada yaxshilash uchun qonun hujjatlarini (ham protsessual, ham predmetga doir) qayta ko'rib chiqishga olib keladi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu tavsiyalarni amalga oshirish va ayollar huquqlarini himoya qilishga ustuvor ahamiyat berish orqali O‘zbekiston o‘zining sud amaliyotini yanada takomillashtirishi va jinsidan qat’i nazar, barcha shaxslarning odil sudlovdan teng foydalanishini ta’minlashi mumkin.

Ushbu tavsiyalarni amalga oshirish va ayollar huquqlarini himoya qilishga ustuvor ahamiyat berish orqali O‘zbekiston o‘zining sud amaliyotini yanada takomillashtirishi va jinsidan qat’i nazar, barcha shaxslarning odil sudlovdan teng foydalanishini ta’minlashi mumkin.
Azamat Salaev, “O‘zbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlash va inson huquqlarini himoya qilish” loyihasi rahbari