Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi yaylovlarni barqaroq boshqarishni qo‘Llab-quvvatlaydi
26-April, 2024
Yaylovlar iqlim o‘zgarishini yumshatishda muhim o‘rin tutadi. Aynan yaylovlar, fotosintez jarayonida karbonat angidridni atmosferadan so‘rib, tuproqning organik moddalarida va o‘simlik biomassasida saqlaydi. Bu jarayon atmosferada issiqxona gazlari kontsentratsiyasini kamaytirishga yordam beradi va global isishni yumshatadi. Bundan tashqari, yaylovlar biologik xilma-xillikni saqlash, tuproq unumdorligini oshirish va suv aylanishini tartibga solishga hissa qo‘shib, iqlim o‘zgarishini yumshatishga ta’sirini yanada kuchaytiradi. Yaylovlarni barqaror boshqarish amaliyotini targ‘ib qilish orqali, biz ularning iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga ijobiy hissasini oshirishimiz mumkin.
Qayd etish lozimki, chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti boshchiligidagi innovatsion guruh Toshkent viloyatining Ohangaron tumanidagi yaylovlardan samarali foydalanishning innovatsion usullarini amalga oshirmoqda. Mahalliy fermerlar bilan hamkorlikda yaylovlarni barqaror boshqarish amaliyotini ilgari surishda sezilarli yutuqlarga erishildi. Respublikamizning tog‘ va tog‘oldi hududlari sharoitida fermer xo‘jaligi yaylovlarida ilk bor chorva mollarini tartibli o‘tlatish, qurg‘oqchilikka chidamli cho‘l yem-xashak o‘simliklarini ekish orqali qo‘shimcha ozuqa zahiralarini yaratish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa, jonivorlarning muvozanatli oziqlanishini va yalovlarga bosimni kamaytirish imkonini berdi. Shuningdek yaylovlarni saqlab qolishda, o‘simliklarni tartibli yeb, ildizlarini barbod qilmaydigan, merinos qo‘ylarini sun’iy ko’paytirishning joriy qildi. Merinos quylarining afzalligi shundaki, uning go‘shti mayin va mazali bo‘lib, tarkibida yog‘ning miqdori kamligi bilan parxezbob go‘sh sanaladi. Juni esa mayin va yumshoqligi sabab, undan yuqori sifatli iplar ishlab chiqiladi.
Ushbu tashabbus, ya’ni innovatsion guruh Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan, BMT Taraqqiyot dasturi va Qishloq xoʻjaligi vazirligining hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining “yashil iqtisodiyot”ga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi doirasida tashkil etilgan.
Almashlab o‘tlatish tizimi, tog'li va tog'li hududlarda o‘tlash davrida o‘simliklarning dam olishi va tiklanishiga imkon berish orqali yaylovlar sog‘lig‘ini yaxshilaydi. Bu yaylovni yo‘qolib ketishini oldini olishga va uni qayta tiklashga, tuproq unumdorligini oshirishga va biologik xilma-xillikni saqlab qolishga yordam beradi. Bundan tashqari, iqlim o‘zgarishi sharoitida yaxshi ko‘karishga moslashgan, qurg‘oqchilikka chidamli cho‘l yem-xashak o‘simliklarining ob-havoning turli ko‘rinishiga moslashuvi tufayli chorva mollari uchun ozuqa zaxirasini oshiradi, ularning ovqatlanishini muvozanatlashtiradi va qurg‘oqchil hududlarning zaif ekotizimlarini yaxshilashga yordam beradi.
Merinos qo‘ylarini ko‘paytirish yaylov resurslaridan oqilona foydalanishning eng samarali usulidir. Merinos qo‘ylarining yaylovdagi xatti-harakatlari odatiy qo‘ylarga nisbatan ancha tartibliligi sabab, yaylovlar holatini yaxshi saqlashga yordam beradi. E’tiborlisi shundaki, odatiy qo’ylarga nisbatan merinos qo‘ylari tartibli o‘tlaydi, o‘simlik ildizini yemaydi va tuqoqlari bilan uni barbod qilmaydi. Merinos qo‘ylarini sun’iy urug‘lantirish qo‘ychilik dasturlarini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish, chorvachilik tarmog‘ining barqarorligini oshiradi. Sun’iy urug‘lantirish tabiiy juftlash zaruratini kamaytirish hisobiga qo‘y boqish ishlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytiradi, jumladan, ortiqcha harajat va yaylovlarga bosimni talab qiluvchi qo‘chqorlarga ehtiyoj kamayib, yaylovlar degradatsiyasining oldi olinadi.
Ushbu innovatsion yondashuvlarning tatbiq etilishi, yaylovlarni barqaror boshqarish bo‘yicha amaliyotni ilgari surish orqali, chorvachilikning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishga xizmat qiladi. Hamkorlikdagi tadqiqotlar, bilim va tajriba almashish, shuningdek, ilmiy salohiyatni oshirish tashabbuslari orqali Innovatsion guruh #EUAGRIN loyihasining maqsadlariga mos ravishda yanada yashil va barqaror qishloq xo‘jaligi tomon qadam bosmoqda.
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan, BMTTDning O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi innovatsion tashabbuslari uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish, iqlim barqarorligi va ekologik barqaror kelajakni ta’minlashga zamin yaratadi.