O‘zbekiston ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha global muloqot markaziga aylanmoqda

27-August, 2024
a group of people standing in front of a crowd posing for the camera
Foto: BMT Taraqqiyot Dasturi

2024-yil 27-29-avgust, Toshkent-Samarqand. Bugun Toshkentda Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha hamkorlik xalqaro tarmog‘ining (MPPN) 9-yig‘ilishi boshlandi. Tadbirda 63 ta mamlakat va 20 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning dunyo yetakchilari, siyosatchilari, iqtisodchilari va ekspertlari kambag‘allikka qarshi kurashning asosiy masalalarini muhokama qilish uchun birlashdilar. Uch kunlik forum davomida ishtirokchilar kambag‘allikni kamaytirish sohasidagi mamlakat tajribasi va xalqaro amaliyot bilan o‘rtoqlashishlari mumkin bo‘ladi.

a group of people in a room
Foto: BMT Taraqqiyot Dasturi

Xalqaro forum Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) va Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan BMTning O‘zbekistondagi Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamda Oksford kambag‘allikka qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish tashabbusi (OPHI) ko‘magida tashkil etildi.

O‘zbekistonning mezbon davlat sifatida tanlanishi xalqaro hamjamiyat tomonidan ko‘p o‘lchovli kambag‘allikka qarshi yanada samarali kurashish maqsadida uni chuqur anglash va o‘lchashga qaratilgan islohotlarning ahamiyati e’tirof etilayotganidan dalolat beradi, bu esa o‘zaro tajriba almashish uchun ham yangi zamin yaratadi.

a person standing in front of a refrigerator
Foto: BMT Taraqqiyot Dasturi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshan Gulyamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha xalqaro hamkorlik tarmog‘ining 9-yig‘ilishi ishtirokchilariga Murojaatnomasini o‘qib eshittirdi.

Murojaatnomada Yangi O‘zbekistonda har bir fuqaroning yashash sharoitini yaxshilash, ta’lim va tibbiy xizmatlar ko‘lami va sifatini oshirish inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi ekanligiga e’tibor qaratildi. Bog‘cha va maktablar barpo qilish, tibbiy xizmatni kengaytirish, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 31,5 trillion so‘m investitsiya kiritish buning yaxshi ko‘rsatkichidir.

Davlat rahbari ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirib, davlat ko‘magiga muhtoj oilalarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish muhimligini ta’kidladi. Shu maqsadda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi, tumanlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Natijada 2 million 300 mingdan ziyod oilalar qamrab olindi. Bu 2017-yilga nisbatan 4 barobar ko‘pdir. Shu bilan birga, so‘nggi uch yilda mamlakatda ko‘makka muhtoj 3 million aholining turmush sharoitini yaxshilanib, kambag‘allik darajasini 17 foizdan 11 foizga kamaydi.

a person standing in front of a boat
Foto: BMT Taraqqiyot Dasturi

Murojaatnoma yakunida, mazkur forum doirasida ekspertlar muloqoti samaralari bo‘lib, uning yakunida ishlab chiqiladigan amaliy taklif va tavsiyalar jahon miqyosida kambag‘allikni kamaytirishda yangi qadam bo‘lishiga ishonch bildirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansurbek Olloyorov, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev, Oksford kambag‘allikka qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish tashabbusi direktori, professor Sabina Alkayr, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii, MPPN direktori Gonsalo Ernandes Likonga uchrashuv ishtirokchilariga muvaffaqiyat tilab qolishdi.

Iqtisoiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Xakimov ishtirokchilarni qutlar ekan, O‘zbekiston va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda ko‘p o‘lchovli kambag‘allikka qarshi kurashish muhimligini ta’kidladi.

“Bugun biz ko‘p o‘lchovli kambag‘allik kabi muhim mavzu bo‘yicha fikr va tajriba almashish uchun noyob imkoniyatga egamiz. Biz bu yerda butun dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning hayotini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan yechimlar ustida birgalikda ishlash uchun yig‘ilganmiz”,
- dedi CERR rahbari.
a man standing in front of a computer screen
Foto: BMT Taraqqiyot Dasturi
“MPPN yig‘ilishlari qaror qabul qiluvchilar va yuqori martabali amaldorlarning kambag‘allikka qanday qilib baham berish haqida chuqur o‘ylovchi va umumiy maqsadga sodiq hamjamiyatini birlashtiradi. Qiyin paytlarda ilhomlantiruvchi va aniq bilim almashish uchun yaratilgan bunday maydonlarning ahamiyatini ortiqcha baholab bo‘lmaydi”,
dedi Sabina Alkayr, MPPN kotibiyati vazifasini bajaruvchi Oksford kambag‘allikka qarshi kurashish va inson taraqqiyoti tashabbusi direktori.
indoor,front,table,sitting,man,desk,computer,small,water,large,light,laptop,standing,kitchen,boat,room,woman,group,holding,umbrella,refrigerator
Foto: BMT Taraqqiyot Dasturi

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda BMT Taraqqiyot dasturi yordamida ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksini o‘lchash loyihasini amalga oshirish orqali Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik konsepsiyasi joriy etilmoqda. Ushbu tadbir Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish va kambag‘allikka qarshi kurashda xalqaro standartlarga sodiqligini tasdiqlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

“BMT Taraqqiyot dasturi odamlar hayotini chinakamiga o‘zgartiradigan siyosatni amalga oshirish uchun mamlakatlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.  Bunga ish o‘rinlari yaratish va malaka oshirish, infratuzilma va yangi bozorlarga kirishni yaxshilash, shuningdek,  kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va kredit olish imkoniyatini ta’minlash orqali mahalliy iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish kiradi.  Jamiyat tomonidan boshqariladigan rivojlanishga e’tibor qaratish orqali biz kambag‘allikning turli qirralari bilan kurashishimiz va doimiy o‘zgarishlarni yaratishimiz mumkin”,
- deb ta’kidladi o‘zining kirish so‘zida BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii.
a person standing in front of a mirror posing for the camera
Foto: BMT Taraqqiyot Dasturi

Tadbirda Maldiv orollari uy-joy, yer va shaharsozlik vaziri doktor Ali Haydar Ahmad, Xitoydagi Kambag‘allikni qisqartirish xalqaro markazi (IPRCC) bosh direktori doktor Lyu Szyuven, Panamaning Ijtimoiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Rikardo Landero,  Shri-Lanka Milliy rejalashtirish departamenti bosh direktori R.X.V.A. Kumarasiri va Islom taraqqiyot banki guruhi bosh iqtisodchisi Arif Suleman o‘z ma’ruzalari bilan so‘zga chiqishdi.

Forum davomida ishtirokchilar jahon miqyosida kambag‘allikka qarshi kurashish strategiyasini takomillashtirishga qaratilgan tajriba va natijalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Xususan, har bir nutq muloqotni boyitib, ish uchun yangi vositalarni taqdim etdi. Milliy dasturlar uchun ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksidan foydalanish, kambag‘allikni o‘lchashda innovatsiyalar va mintaqaviy hamkorlik zarurati kabi muhim mavzular muhokama qilindi. Bu munozaralar tushunchalarni chuqurlashtirib, odamlar hayotini yaxshilashga intilayotgan hamjamiyatning o‘zaro aloqalarini mustahkamladi.

Forumning uchinchi kunida Samarqand shahriga amaliy safar uyushtirilishi kutilmoqda, unda ishtirokchilar joylarda o‘zbek tajribasini, jumladan, mahalliy hamjamiyatlar darajasida faol ishlayotgan “mahallabay” tizimini o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.

a group of people standing next to a man in a suit and tie
Foto: BMT Taraqqiyot Dasturi

Ma’lumot o‘rnida: Kambag‘allikka qarshi kurashish BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining yetakchi ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Bunda birinchi maqsad - 2030-yilga borib dunyo bo‘yicha kambag‘allikning barcha ko‘rinishlariga barham berishdan iborat. Bu jarayonda kambag‘allikka olib keladigan sabablarni aniqlash, ularning ta’sirini baholash va har bir mamlakatda ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo‘llash muhim rol o‘ynaydi.

Har bir mamlakatda kambag‘allikni yanada batafsil baholash maqsadida, uning xususiyatlaridan kelib chiqib, 2010-yilda Oksford kambag‘allikka qarshi kurashish va inson kapitalini rivojlantirish tashabbusi (OPHI) va BMT Taraqqiyot

Dasturi tomonidan ishlab chiqilgan Global ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksi (MPI) joriy etildi. Unda aholi duch kelayotgan kambag‘allikning tarqalishi va intensivligini baholash uchun sog‘liqni saqlash, ta’lim va turmush darajasi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi.

MPI Inson kambag‘alligi indeksining o‘rnini egallab, allaqachon 100 dan ziyod rivojlanayotgan mamlakatlarda qo‘llanilgan va Inson taraqqiyoti indeksi bilan birgalikda Inson salohiyatini rivojlantirish borasidagi hisobotda nashr etilgan.

Kambag‘allikka qarshi kurashda sa’y-harakatlarni birlashtirish va tajriba almashish maqsadida 2013-yilda 63 ta mamlakat va 30 dan ziyod xalqaro tashkilotlarni birlashtirgan Ko‘p o‘lchovli kambag‘allik bo‘yicha global hamkorlik tarmog‘i (Multidimensional Poverty Peer Network (MPPN) tashkil etilgan bo‘lib, u kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha yanada samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun ko‘p o‘lchovli kambag‘allikni baholashda siyosatchilarga yordam beradi.

Ushbu tarmoq doirasida har yili o‘tkaziladigan uchrashuvlar Berlinda (2014 y.), Kartaxenada (2015 y.), Akapulkoda (2016 y.), Pekinda (2017 y.), Yoxannesburgda (2018 y.), Maeda (2019 y.) va Santyagoda (Chili) 2021-yilda bo‘lib o‘tgan. Joriy yilda bunday uchrashuv O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda.