Bepul yuridik yordam ko'rsatish uchun kichik grantlar dasturi g'oliblari e'lon qilindi

22-February, 2024

tanlov g'oliblaridan biri

Surat: NNT arxivlari

Kichik grantlar dasturi (keyingi oʻrinlarda – Dastur) Oʻzbekistondagi BMTTD va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligini va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash” loyihasi doirasida tashkil etilgan va Finlandiya Tashqi Ishlar Vazirligi  tomonidan moliyalashtiriladigan dasturdir. 

Dastur natijasida to‘qqiz nafar nodavlat notijorat tashkiloti kichik grantlar olish uchun tanlab olindi. Grantlar taqdim etishdan maqsad inson huquqlarini ta’minlash, gender tengligiga erishish va O‘zbekistonda zaif guruhlar mavqeini mustahkamlashda ushbu tashkilotlarning faoliyati va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Tanlov jarayoni turli fuqarolik jamiyati tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan takliflarni sinchkovlik bilan baholashdan o‘tdi, bunda loyihalarning dastur maqsadlariga muvofiqligi, tashabbuslarning mumkin bo‘lgan ta’siri va taklif etilayotgan tadbirlarni samarali amalga oshirish uchun tashkiliy salohiyat kabi omillar hisobga olindi.

O’zbekiston Respublikasi 11 viloyati, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan jami 37 ta NNT murojaat qildi. Tanlov komissiyasi tomonidan arizalar har tomonlama ko‘rib chiqilgach, 2024-yilda loyiha takliflarini amalga oshirish uchun quyidagi g‘olib NNTlarga jami to‘qqizta kichik grantlar ajratilishi tasdiqlandi:

#

NNT

Bal

1.

“Sharq ayoli” xalqaro xotin-qizlar jamoat fondi (Toshkent sh.)

92,75

2.

Respublika “Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi Buxoro viloyat bo’limi

92,25

3.

“Madad” NNT (Toshkent sh.)

92

4.

“Oydin Nur” oilani ijtimoiy himoyalash markazi (Buxoro viloyati)

91,75

5.

Toshkent shahar “SHAROIT PLUS” nogironlar jamoat birlashmasi

91,5

6.

“Rahmdillik” NNT (Samarqand viloyati)

89,25

7.

“Yuksak salohiyat” jamoat tashkiloti Qoraqalpog’iston filiali

89,25

8.

“NIHOL” tashabbuslarni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash markazi (Toshkent sh.)

87,25

9.

Navoiy viloyati “SHIJOAT” Imkoniyati cheklangan yoshlar markazi

87

 

Kichik grantlar saralab olingan fuqarolik jamiyati tashkilotlariga qimmatli moliyaviy resurslarni taklif etib, ularga oʻz loyihalarini amalga oshirish va ijobiy ijtimoiy oʻzgarishlarga hissa qoʻshish imkoniyatini beradi. Ushbu tashkilotlar ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan aholining huquqlari va ehtiyojlarini himoya qilish va jamiyat rivojlanishini ragʻbatlantirishda muhim rol oʻynaydi. Grantlar xabardorlik kampaniyalari, seminarlar, inson huquqlarini himoya qilish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj shahslar va jamoalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri huquqiy yordam ko‘rsatish kabi bir qator tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi.    

Ushbu grantlarni taqdim etish orqali dastur O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va mustahkamlashga oʻzini hissasini qoʻshadi. Saralangan fuqarolik jamiyati tashkilotlari oʻz loyihalarini amalga oshirish, tegishli manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilish va oʻzlarining diqqat markazida boʻlgan sohalarda mazmunli taʻsir koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻladilar.