BIZ LOYIHALAR TANLOVINI E'LON QILAMIZ

Ushbu takliflar Gidroxlorftoruglerod (GXFU) asosida ishlayotgan sovutish tizimini markazlashtirilgan global isish salohiyati past va ozonni yemirish salohiyati bo’lmagan energiya samarador texnologiyalarga almashtirish bo'yicha qo’shma namoyish loyihasi uchun texnik yordam ko’rsatish

27-June, 2024
Rasm: BMTTD O'zbekiston

Tashkilotchi: 

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, BMTTD va GEFning “O‘zbekistonda global isish salohiyati past va ozonni yemirish salohiyati bo‘lmagan energiya samarador texnologiyalarni joriy etish orqali GXFUni butunlay iste’moldan chiqarish” qo‘shma loyihasi.

Tanlov nominatsiyasi toʻgʻrisida:

 Turli xil mahsulotlarni  ishlab chiqarish / saqlash / sotish (sovutish xonalari, savdo sovutish uskunalari va boshqalar) sohasida tabiiy muzlatgichlardan foydalanishda  muqobil va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish bo'yicha loyiha takliflari .

Tanlovda kim ishtirok etishi mumkin:

Ushbu ko'rgazmali loyihalar ishtirokchilari asbob-uskunalarga ega bo'lgan va turli mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug'ullanadigan, shuningdek, chakana savdo sohasida (muzlatgichlar, do'kon uskunalari va boshqalar) ishlaydigan va sovutgich tizimi GXFU asosida ishlaydigan, shuningdek, eski uskunani yangisiga almashtirish niyatida bo’lgan davlat va xususiy tadbirkorlik korxonalari bo'lishi mumkin. 

Ariza va loyiha takliflarini taqdim etish tartibi va muddati:

Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi. Birinchi bosqichda barcha qiziqqan tashkilotlar (davlat va xususiy korxonalar) BMTTD rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Telegram, Twitter va boshqalar) e’lon qilingan sanadan boshlab, 2024-yil 8-iyul soat 12:00 gacha ariza yuborishlari mumkin. Toʻliq boʻlmagan arizalar, shuningdek ariza shakllarini arizalarni yuborish muddati tuganidan keyin taqdim etilgan arizalar tanlov komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilmaydi. Birinchi bosqichdan muvaffaqqiyatli oʻtgan ishtirokchilarga qoʻshimcha ravishda ikkinchi bosqich haqida maʼlumot beriladi.

Mazkur tanlovda qatnashish yuzasidan savollaringiz bo’lsa quyidagi telefon nomeri yoki email orqali bog’lanishingiz mumkin. To’ldirilgan arizalar va loyiha takliflari loyiha ofisiga bosma va elektron shaklda taqdim etilishi kerak: 

O'zbekiston, Toshkent, Bunyodkor ko'chasi, 7A. 

Tel: +998 90 987 00 57;  

E-mail: Mukhammadjon.tursunov@undp.org