BMTTD "Yashil sukuk" hadli dasturini ishlab chiqish mavzusida maslahatlashuvlar va O‘zbekistonda "Islom moliyasi va yashil sukuk" mavzusida professional trening o‘tkazishga ko‘maklashmoqda

25-October, 2024
a group of people sitting at a desk in an office
Foto: BMT Taraqqiyot Dasturi

2024-yil 16-18-oktyabr kunlari O‘zbekistondagi BMTTD va BMT Taraqqiyot dasturining Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Istanbul xalqaro markazi (UNDP ICPSD) Islom taraqqiyot banki (ITB) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) bilan hamkorlikda "O‘zbekiston uchun "yashil" sukukning milliy tuzilmasini ishlab chiqish" mavzusida seminar, so‘ngra "Islom moliyasi va sukuk/yashil sukuk" ikki kunlik o‘quv dasturi tashkil etildi.

16-oktyabr kuni ILMA bosh ofisida yuqori darajadagi uchrashuv tashkil etildi va o‘tkazildi, unda tartibga soluvchi organlar vakillari, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘zbekiston Markaziy banki, yetakchi amaliyotchi mutaxassislar, ekspertlar va biznes hamjamiyati vakillari yashil sukukni innovatsion va barqaror moliyaviy vosita sifatida muhokama qilish uchun ishtirok etdilar. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad turli huquqiy tizimlarning ilg‘or tajribasiga tayangan holda O‘zbekistonda "yashil" sukuklarni joriy etish imkoniyatlari va muammolari bo‘yicha salohiyatni oshirish va muloqotni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida huquqiy va tartibga solish ehtiyojlari, sukuklar orqali moliyalashtirish uchun istiqbolli "yashil" loyihalarni belgilash va O‘zbekiston tizimini xalqaro standartlarga moslashtirish ning ahamiyati haqida amaliy muhokamalar o‘tkazildi. Seminar yakunida "yashil" sukukning ishonchli va shaffof tizimini yaratishga qaratilgan bir qator amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.

a group of people sitting at a table
Foto: BMT Taraqqiyot Dasturi

17 va 18-oktyabr kunlari Islom moliyasi va barqaror rivojlanish uchun muqobil moliyalashtirish manbai sifatida sukukni mustahkamlash va targ‘ib qilishga qaratilgan “Islom moliyasi va sukuk/yashil sukuk” bo‘yicha treningi o‘tkazildi. Trening davomida yashil sukuk va uning salohiyati masalalari muhokama qilindi, O‘zbekistonda sukuk va yashil sukuk muomalasi bo‘yicha milliy qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yaratish bo‘yicha tavsiyalar taklif etildi. Sessiyalar islom moliyasining asosiy tushunchalari, yashil sukuk asoslari bilan bog‘liq mavzularni qamrab oldi, shuningdek, manfaatdor tomonlarga barqaror moliyalashtirishning yangi imkoniyatlarini anglashga yordam beradigan sukukni tuzilmalashtirishga oid amaliy mashg‘ulotlarni o‘z ichiga oldi.

a group of people sitting at a table
Foto: BMT Taraqqiyot Dasturi

2021-yildan buyon BMTTD Islom taraqqiyot banki (ITB) bilan hamkorlikda O‘zbekiston hukumatiga O‘zbekistonda yashil sukuk uchun tegishli qulay muhitni yaratishda yordam berish bo‘yicha Texnik yordam loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Maqsad tegishli qonunchilik, institutsional va me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish, shuningdek, hukumatning ushbu sohadagi imkoniyatlarini kengaytirish hisoblanadi. Loyihaning asosiy faoliyatlaridan biri hukumat vakillari, ilmiy doiralar, xususiy sektor va fuqarolik jamiyatining islomiy moliya hamda sukuk/yashil sukuk haqidagi tushunchalarini oshirish va salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.