Iqlimiy sandiqcha: iqlim bo'yicha ta'lim uchun yangicha fikrlash
3-May, 2024
2024-yil 2-may kuni Green University Universitetida “BRMga erishish va iqlim o’zgarishiga qarshi kurashish bo’yicha iqlim ta’limi” va “Eco-Schools Uzbekistan” loyihalari doirasida o’qituvchilar uchun milliy seminar boshlandi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi, Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirliklari, “Zamin” Fondi hamda BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbir pedagog xodimlarni ta’lim jarayonida yangilangan “iqlimiy sandiqcha” to’plamidan foydalanishga o’rgatishga bag’ishlangan. Tadbirning maqsadi - maktab o’quvchilari uchun ta’limni jozibali va qiziqarli qilish, o’yinlar, viktorinalar va tajribalarni qo’llash, ijodiy topshiriqlarni hal qilish uchun iqlim o’zgarishi bo’yicha so’nggi ilmiy ma’lumotlarni taqdim etish, o’quv usullarini yangi interaktiv metodologiyalari va vositalari bilan to’ldirish orqali maktab o’qituvchilari, metodistlar, maktabdan tashqari ta’lim tizimi pedagoglarining kasbiy mahoratini oshirishdan iborat.
Iqlim o’zgarishi bilan bog’liq muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun uning ildizlarini chuqur anglash lozim. Ilmiy doiralarda olib borilgan keng ko’lamli tadqiqotlarga qaramay, ma’lumot ko’pincha keng auditoriya, shu jumladan yosh avlodlarda atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorlik va mas’uliyatli munosabatni shakllantirishda muhim rol o’ynaydigan o’qituvchilar uchun juda qiyinlik qiladi.
Iqlim o’zgarishi muammosining ahamiyatini e’tirof etgan holda, BMTning Taraqqiyot dasturi 2014-yilda “Iqlim sandiqcha” o’quv-uslubiy majmuasini ishlab chiqdi. U yoshlarga muammoni tushunish, uni hal qilishning mumkin bo’lgan yo’llarini topish va sayyorani himoya qilish va iqlim o’zgarishi oqibatlarini boshqarish bo’yicha aniq harakatlarni amalga oshirish uchun imkoniyatlar yaratgan holda maktabda iqlim o’zgarishi mavzusida o’qitishning yangi usullarini taklif etadi. Climate Box dan foydalanish haqida batafsil ma’lumot olish va 13 tildagi o’quv materiallariga va o’qituvchilar va maktab ta’limi mutaxassislari uchun interfaol maydonga kirish uchun https://climate-box.com/ havolasiga o’ting.
“Iqlimiy sandiqcha” O’zbekiston maktab dasturlariga integratsiya qilinishi va maktab o’quvchilari bilan darsdan tashqari va mustaqil mashg’ulotlarda qo’llanilishi kutilmoqda. Materiallar turli yosh guruhlariga moslashtirilgan va nazariy bilimlarni ham, amaliyjihatlarni ham qamrab oladi. Ular tajriba o’tkazish va olingan bilimlarni real hayotda qo’llashga qaratilgan iqlim loyihalariniishlab chiqish/amalga oshirish bo’yicha tavsiyalarnio’z ichiga oladi.