Korruptsiya ayollar va qizlarga nisbatan zo'ravonlikka qarshi kurashdagi to'siqlardan biridir

28-November, 2022

 

2022-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida gender masalalariga bag‘ishlangan hududiy davra suhbati boshlanadi. O’tkazilajak yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad – Markaziy Osiyo mamlakatlarida ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlarining mavjud amaliyotini sarhisob qilishdan iborat.  Tadbir joriy yilning asosiy  g’oyasi bo’lmish “Ayollarga qarshi zo‘ravonlikni birgalikda to‘xtatamiz”  mavzusi hamda gender tenglikni ta'minlash sohasida faoliyat olib borayotgan tashkilot va harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili o‘tkaziladigan “Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” global kompaniyasi bosqichiga tog’ri kelmoqda.

Tadbirda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston ichki ishlar organlari, prokuraturalari, ichki ishlar vazirliklari ta’lim muassasalari vakillari, nodavlat-notijorat tashkilotlari ekspertlari, xalqaro hamjamiyat vakillari ishtirok etishadi. Davra suhbati dasturidan mintaqa davlatlari vakillarining qonunchilikda gender asosidagi zo‘ravonlikni belgilashning huquqiy jihatlari, militsiya xodimlarini zo‘ravonlik qurbonlari bilan ishlashga o‘rgatish va adliya tizimida, ayniqsa, huquqni muhofaza qilish organlarida gender masalalarini ustuvor yo‘nalishga olib chiqish, zo'ravonlikni boshidan kechirganlar bilan ishlashda standart harakat algoritmlarini joriy etish, ayollarga nisbatan zo'ravonlikka oid statistik ma'lumotlarni taqdim etish va huquqni muhofaza qilish organlari vakillarining o'zaro tajriba almashish  borasidagi mintaqaviy hamkorlik istiqbollari bo‘yicha ma’ruzalar va taqdimotlar o‘rin olgan. 

Tadbir “Spotlight” tashabbusining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg‘oniston bo‘yicha mintaqaviy dasturi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tashkillashtirilmoqda.