Ofatlar xavfini kamaytirish bo’yicha bolalarning nuqtai nazari– Qamchiq dovonida Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni nishonlaganda
13-October, 2022
Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kunini (XTOXKK) maktabda nishonlash bolalar va mahalliy aholiga favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik choralari to'g'risida ta'lim berish uchun katta imkoniyatni taqdim etadi.
Farg’ona vodiysidagi tog' o'tish joyi bo'lgan Qamchiq dovoniga ko'plab iqlim xavflari ta'sir ko'rsatadi va ushbu hududda yashovchi odamlar turli tabiiy ofatlarga tez-tez duch keladi. 13 oktyabrda XTOXKKni Namangan viloyati Pop tumani Qamchiq dovonida joylashgan 44-sonli kichik, faqat bir yuz ellik besh nafar o'quvchi taxsil oladigan, umumiy o’rta ta’lim maktabda nishonlash mahalliy o’quvchilarni ko'p xavfli erta ogohlantirish tizimi va ofatlar xavfi ma'lumotlari haqidagi bilimlarini baham ko'rishga, o'z mahoratlarini namoyish etishga va turli musobaqalarda ishtirok etishga undaydi. Tadbir BMTTD va Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tomonidan BMTTD, FVV va Gidrometeorologiya Xizmati Markazi (O’ZGIDROMET) tomonidan amalga oshirilayotgan “O’zbekistonda iqlim o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavfli tabiiy hodisalarga nisbatan hamjamiyatlarning chidamliligini oshirish uchun kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etiladi.
“O’zbekistonda iqlim o’zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavfli tabiiy hodisalarga nisbatan hamjamiyatlarning chidamliligini oshirish uchun kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish” loyihasi iqlim o’zgarishi ta’siri bilan paydo bo’lgan xavf-xatarlar boʻyicha koʻp xavfli erta ogohlantirish tizimining samaradorligi va qamrovini oshirishga qaratilgan. «2015−2030 yillarda ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturi» doirasida bu yilgi XTOXKKning asosiy mavzusi 2030 yilga qadar ko'p xavfli erta ogohlantirish tizimlari va xavfi-xatarlar ma'lumotlari va odamlarga ta'minotlarning mavjudligi va ularni sifatini oshirishga qaratilgan, bu loyihaning asosiy maqsadini aks ettirgani uchun XTOXKKning nishonlanish mahalliy aholi darajasida ofatlar xavfini kamaytirishning global madaniyatini targ'ib qilishga hissa qo'shadi.
Tadbir dasturi o'quv-uslubiy va interaktiv qismlardan iborat. Ochiq darslar bolalarni tabiiy xavflarning (toshqinlar, qor ko’chishi, sel kelishi va boshqalar) salbiy ta'sirini yumshatish yo'llari bilan tanishtiradi, shundan so'ng viktorinada mavzu bo'yicha bilim va xabardorligi sinab ko'riladi. Maktabning "Yosh qutqaruvchilar" klubi a'zolari qanday qutqaruv ishlari amalga oshirilishi va birinchi yordam ko'rsatilishini namoyish qiladilar. Rassomchilik bo’yicha musobaqada oʻquvchilar sanʼat orqali ofatlar xavfini kamaytirish toʻgʻrisidagi tushunchasini ifodalab berishadi, va keyin namoyish etiladigan favqulodda vaziyatlarning oldini olish haqidagi hujjatli film favqulodda vaziyat yuz berganda nima qilish kerakligini batafsil tushuntirib beradi. Bundan tashqari, FVV xodimlari favqulodda vaziyatlarda odamlar binodan qanday evakuatsiya qilinishini namoyish etadi - ogohlantirish signalini olganidan so'ng to’liq evakuatsiya jarayonigacha. Ushbu tadbir orqali o’quvchilar favqulodda vaziyatlarda nima qilishni o’rganadilar va kerakli bilim va amaliy ko'nikmalarni shakllantiradilar.
Qamchiq dovoni atrofidagi kichik hududda ko’p iqlim xavf-xatarlari sodir bo'ladi, shuning uchun ham ushbu tahdidlarning ta'sirini yumshatish yo'llari haqida aholini xabardor qilish kerak. Ushbu joyda Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kunini nishonlanish barqaror hamjamiyatlarni shakllantirishga va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda yani loyihaning barqaror rivojlanish maqsadlariga, shu jumladan barqaror shahar va hamjamiyatlar bo'yicha 11-maqsadni va iqlim amaliyotiga oid 13-maqsadni erishishga hissa qo'shadi.
BMTTD 170ga yaqin mamlakatlar va hududlarda faoliyat koʻrsatib, aholilining turmush darajasini oshirish, tengsizlikka barham berish va inklyuziv jamiyatni yaratishga yordam beradi. Biz davlatlarga rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, institutsional salohiyatni shakllantirish va taraqqiyot natijalarining barqarorligini oshirishga koʻmaklashamiz.