O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘urtalash tizimining tahlili

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘urtalash tizimining tahlili

10-December, 2024

Tadqiqot Qoraqalpog‘istonda (O‘zbekiston) iqlim o‘zgarishi sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘urtalash tizimini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tahlil natijalariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishlari hosildorlik uchun xavflarni oshirishi va sug‘urta himoyasi tizimini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Asosiy tavsiyalarga quyidagilar kiradi: qishloq xo‘jaligidagi xavflarini sug‘urtalash bo‘yicha maxsus qonun ishlab chiqish, mutaxassislarning iqtisodiy va huquqiy savodxonligini oshirish, mintaqaviy xavflarni chuqur o‘rganish hamda iqlim o‘zgarishlarini hisobga olgan holda monitoringni takomillashtirish.

Hosil sug‘urtasi jarayonida byudjet subsidiyalari ulushini 50 foizgacha oshirish, Qishloq xo‘jaligi sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish, Elektron qishloq xo‘jaligi axborot tizimini (EQXAT) joriy etish va agrosug‘urta sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish taklif etilmoqda. Hududlarning iqlim o‘zgarishlariga zaiflik darajasini hisobga olgan holda, zonalar va hududlar bo‘yicha sug‘urtalashga tabaqalashtirilgan yondashuvning zarurligi alohida e’tiborga olinmoqda.