Suhbatni Rimma Muxtarova olib bordi
Davlat xizmatlari ayollarni qo'llab-quvvatlash vositasi sifatida - Marhabo hikoyasi
13-December, 2022
Bizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli O‘zbekistonda davlat xizmatlaridan ko‘proq fuqarolar foydalanishlari mumkin. Shunga qaramay, davlat xizmatlaridan, ayniqsa, mamlakatimizning qishloq joylarida yashovchi aholi, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar uchun qulaylik yaratishga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Ular qatoriga nogironligi mavjud, ishsiz yoki moddiy ta’minlanmagan ayollar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari yohud oddiygina yuridik yoki davlat yordamiga muhtoj, lekin uni olish uchun yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lmagan ayollar kiradi.
Qahramonimiz Xudoyorova Marhabo uy bekasi va o‘qituvchi oilasida tavallud topgan bo‘lib, undan tashqari yana 2 nafar farzand bor edi. Marhabo bolaligida tez-tez kasal bo'lar edi va nimjon edi. Uyda o'tirib, o'zi uchun turli mashg'ulotlar va o'yinlarni o’ylab topishga harakat qilar edi: mutolaa, rasm chizish, qo'g'irchoqlariga ko'ylaklar bichish va tikish kabi. Marhabo tikuvchilikni shunchalik yaxshi ko’rib qolgan ediki, bola paytiyoq chevar bo‘lishni, shunchaki tikuvchi bo‘lishni emas, balki parda tikishni, uylarni bezashni, uylarda shu bilan fayz yaratishni orzu qilardi.
Marhabo 7 yoshida revmatizmning og‘ir shakli bilan kasallanish oqibatida oyog‘ida nuqson paydo bo‘lib, oqsoqlana boshladi. Oilada unga mehr va g'amxo'rlik bilan munosabatda bo'lishdi, lekin ba'zi qarindoshlar va qishloqdoshlar uni ajratishardi. Shuning uchun u uydan imkon qadar kamroq chiqishga harakat qila boshladi.
Marhabo maktabni tugatdi, lekin o‘qishni davom ettira olmadi va ota-onasi qaramog‘ida qoldi. Ota-onasi vafot etgach, Marhabo boquvchisiz qoldi. Nogironlik bo'yicha nafaqa olish uchun qanday va qayerga murojaat qilishni bilmaganligi sabab, u hech ham bunga harakat qilmadi. Qishloq joylarida ayollar ko'pincha murakkab tartib-qoidalarni bilmasliklari tufayli nafaqat kundalik turmushning umumiy muammolariga, balki jiddiy ijtimoiy va madaniy to'siqlarga ham duch kelishadi.
«Men endi qanday kun kechirishimni bilmasdim, mening na ma'lumotim, na hunarim, hatto yashashdan maqasadim ham qolmagan edi. Men shunchaki umidimni uzgan edim» – deydi Marhabo.
Qishloq joylarda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda muammo bo’lishi mumkin bo‘lgan bir qator omillar, jumladan, geografik, ijtimoiy va iqtisodiy omillar, shuningdek, yuqori sifatli internetdan foydalanish imkoniyatining yo‘qligi (O‘zbekiston aholisining tahminan 28,9 foizi) mavjud. Bu esa o’z navbatida, shunday ham ijtomiy zaif shaxslarning o'z huquqlarini himoya qilish va to'liq hayot kechirish uchun zarur bo'lgan yordamdan foydalanish imkoniyatini cheklaydi.
Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining qoʻshma loyihasi Oʻzbekistonning qishloq joylarida xotin-qizlar, keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslar oʻrtasida davlat xizmatlarini olish imkoniyatlari va tartiblari haqida xabardorlikni oshirish, shuningdek, zarur huquqiy va konsultativ yordam ko'rsatishga qaratilgan “Ayollar maslahat guruhlari” (AMG) tashabbusini amalga oshirmoqda.
2021-yilning noyabr oyida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida AMGning sayyor qabuli tashkil etildi, unga Marhabo ham maslahat olish uchun keldi. Uchrashuvda AMG mutaxassislari Marhabo bilan uning sog'lig'i bilan bog'liq muammolar haqida suhbatlashish davomida moliyaviy qiyinchiliklar va munosib ish topa olmaslik bilan bog'liq bo’lgan boshqa muammolarini ham aniqladilar.
AMG mutaxassislari bilan uchrashgandan so‘ng Marhaboga berilgan zarur tavsiyalardan keyin, byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limining tegishli mutaxassislariga yo‘naltirildi, ular unga nogironlik va tegishli nafaqalar to‘g‘risidagi arizani tegishli tartibda to‘ldirishda yordam berishdi. Biroz vaqt o'tgach, unda 2-guruh nogironligi mavjud ekanligi to'g'risida ma'lumotnoma berildi va unga nafaqa tayinlandi.
Uzluksiz konsultativ ko’mak tufayli 2021-yilning noyabr oyidan to shu kunga qadar Marhaboning muammolari hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hal etila boshlandi. Uni “Ayollar daftari”ga ro’yxatga qo’yishdi, ushbu tizim doirasida oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va shugʻullanish istagida boʻlgan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan xotin-qizlarga tegishli asbob -uskunalarni (tikuvchilik, to'quv, pazandalik, sartaroshlik, duradgorlik, sanitariya-tesisat, qurilish, qishloq xo'jaligi, motorli kultivator, o'roq mashinasi va boshqalar) xarid qilish uchun Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasidan 7 million soʻmgacha miqdorda subsidiya ajratiladi.
Marhabo o‘zining ishi, bolalikdanoq o‘sha orzusi – tikish va fayz yaratish haqida o‘ylay boshladi. Qisqa muddatli tikuvchilik kurslarini tamomlab, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini boshladi. “Ayollar daftarlari” jamg‘armasining subsidiyasi evaziga unga o‘zining tikuv mashinasini xarid qilishda yordam berildi.
Endi Marhabo 2-guruh nogironi sifatida davlat tomonidan ajratiladigan nogironlik nafaqasini oladi, shuningdek, o’zini band qilgan shaxslar sifatida o‘z biznesidan daromad oladi.
«Kelgusida o’z ishimi kengaytirishni va xonadonimni imkon qadar jixozlashni niyat qildim, Xudo xoxlasa baxtli ayol va turmush o’rtoq bo’laman» – deydi ishonch bilan Marhabo.
2021-yil oktabr oyidan boshlangan AMG tashabbusi O‘zbekistonning 7 pilot hududida amalga oshirilib, asosan ko‘plab geografik, ijtimoiy va iqtisodiy omillar sabab qiyinchiliklarga moyil bo’lgan jamiyatning zaif qatlamlariga qaratilgan.
O‘zbekistonda fuqarolarning, ayniqsa aholining eng zaif qatlamlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish O‘zbekiston hukumati uchun so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi bo‘lmoqda. Bu islohotlar O‘zbekistonga BMTning 2030-yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning 5, 10 va 16-bandlarida keltirilgan maqsadlarga yaqinlashishiga yordam berdi.