Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot Dasturi Farg‘ona viloyatida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga xizmat qilayotgan innovatsion guruhlarga tashrif buyurdi

16-October, 2024
a group of people standing in front of a building
Surat: BMTTD O'zbekiston

O‘zbekistondagi Yevropa Ittifoqi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) vakillaridan tashkil topgan delegatsiya  Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan Innovatsion Guruhlarga (IG) tashrif buyurib, qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligining ilg‘or tajribalariga e’tibor qaratdi. Delegatsiya tarkibi Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar Janobi oliylari, BMT Taraqqiyot dasturining doimiy vakilasi Akiko Fujii honim hamda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan EU-AGRIN loyihasining muhim manfaatdorlari hisoblanmish tadqiqotchi olimlar, mahalliy fermerlar va boshqalardan iborat bo‘ldi.

Innovatsion guruhlar turli manfaatdor tomonlardan - fermerlar, maslahatchilar, tadqiqotchilar va NNTlardan iborat bo‘lib, ular muayyan ishlab chiqarish muammolarini hal qilishda hamkorlik qiladilar. Ushbu guruhlarning maqsadi ajratilgan mablag‘lar va aniq ko‘rsatmalar bilan qo‘llab-quvvatlangan holda iqlim o‘zgarishi, qurg‘oqchilikka chidamli yangi navlarni, innovatsion yondashuvlar va texnologiyalarni bevosita fermer xo‘jaliklarida tez joriy etish va sinovdan o‘tkazishdan iborat hisoblanadi. Ushbu Kontseptsiya 2010-yillarda Yevropa Innovatsion Hamkorligi  doirasida Yevropa Ittifoqida paydo bo‘lgan.

BMTTD Yevropa Ittifoqining mablag‘i evaziga ushbu mexanizmni O‘zbekistonga moslashtirdi va bu uning Yevropadan tashqarida birinchi marota amalga oshirilishini nishonladi. Ushbu tashabbus, ayniqsa, ilg‘or qishloq xo‘jaligi bilimlaridan foydalanish imkoniyati cheklangan va fermerlar suv tanqisligi, tuproq sho‘rlanishi va ularning mahsuldorligi va turmush tarziga tahdid soladigan iqlim o‘zgarishi ta’siri kabi fundamental muammolarga duch kelayotgan mamlakat uchun ayniqsa ahamiyatlidir.

200 ta arizalar orasidan tanlab olingan Toshkent (8 IG), Fargʻona (5 IG) va Qashqadaryo (5 IG)dagi 18 ta Innovatsion Guruhlar qishloq xoʻjaligi sharoitida ekinlarning yangi chidamli duragaylari, chorva zotlarini yaxshilash, baliq yetishtirishning yangi usullari va tuproq remediatsiyasini yaxshilashgacha boʻlgan maxsus yechimlarni sinab koʻrish uchun qoʻllab-quvvatlandi. Farg‘onaga ikki kunlik sayyor tashrif chog‘ida Quva, Oltiariq, Beshariq va Dang‘ara tumanlarida joylashgan beshta innovatsion guruhga e’tibor qaratildi.

Dastlabki uchrashuv Quva tumanidagi Paxta selectsiyasi, urugʻchiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti rahbarligidagi paxtachilikka ixtisoslashgan innovatsion guruhga tashrif bilan boshlandi. Ushbu guruh g‘o‘za hosildorligini oshirish va resurslarni tejashga qaratilgan innovatsion, suvni tejaydigan texnologiyalar va zararkunandalarga qarshi kurashning kompleks usullarini, jumladan, o‘g‘itlardan foydalanishni 25-30 foizga va sug‘orish uchun suv sarfini 40-50 foizga kamaytirishni namoyish etdi.

a man standing next to a building
Surat: BMTTD O'zbekiston
“Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonni barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyoti yo‘lida qo‘llab-quvvatlash tarafdori. Ushbu Innovatsion Guruhlar tomonidan ko'rsatilgan innovatsion yondoshuvlar fermerlar, tadqiqotchilar va mahalliy manfaatdor tomonlar o'rtasidagi hamkorlikning kuchini ko'rsatadi. Innovatsiyalarga sarmoya kiritish orqali biz nafaqat samaradorlikni oshirmoqdamiz, Shuningdek, biz iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni mustahkamlayapmiz va kelajak avlodlar uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlayapmiz”,
- dedi Toyvo Klaar, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi.

Shuningdek, delegatsiya Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbarligidagi organik pomidor yetishtirish va quritish texnologiyasini joriy qilishga yo‘naltirilgan Innovatsion guruhning tajriba maydonida bo‘ldi. Ushbu tashabbus quyosh energiyasi bilan ishlaydigan tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalangan holda yuqori hosildor, eksportbop sifatli organik pomidor yetishtirishga qaratilgan bo‘lib, u uglerod chiqindilarini minimallashtiradi va suv sarfini kamaytiradi.

Keyingi tashrifda Dang‘ara tumanida tuproq salomatligi masalasiga qaratilgan va O‘zR Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot instituti rahbarligida faoliyat yuritayotgan Innovatsion guruh tomonidan tuproq unumdorligini tiklash va sho‘rlanish darajasini pasaytirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar joriy etilayotgani kuzatildi.

a person standing in front of a building
Surat: BMTTD O'zbekiston
“Biz mahalliy fermerlarning Innovatsion guruhlar orqali amalga oshirayotgan innovatsion amaliyotlariga bevosita guvoh bo‘lganimizdan xursandmiz. Bu hamkorlik nafaqat jamoalarga kuch beradi, balki suv tanqisligi va tuproq salomatligi kabi muhim muammolarni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Biz, birgalikda, barqaror qishloq xo‘jaligiga yo‘l ochmoqdamiz, bu - ham atrof-muhitga, ham o‘zbek fermerlarining turmush tarziga ijobiy ta’sir ko’rsatadi”,
dedi Akiko Fujii, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakilasi.

Delegatsiya a’zolari Dang‘ara tumanidagi keyingi tashrifida qurg‘oqchilikka chidamli va serhosil mosh yetishtirish bo‘yicha innovatsion guruhga kiruvchi fermerlar bilan uchrashdi. O'simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti rahbarligidagi innovatsion guruh tomonidan yangi “Barqaror” mosh navini joriy etishda tuproqning resurs tejamkorligini ta’minlovchi qayta tiklash usullari qo‘llanilib, an’anaviy navlarga nisbatan gektariga 0,7-1,5 tonna hosildorlikka erishilayotganiga guvoh bo‘lishdi. 

Tashrif Beshariq tumanidagi intensive baliqchilikka bag‘ishlangan innovatsion guruhga tashrif bilan yakunlandi. Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti boshchiligidagi ushbu guruh baliq yetishtirish barqarorligini oshirish uchun suvni qayta ishlash va quyosh energiyasidan isitish kabi zamonaviy texnikalarni sinovdan o‘tkazishga qaratilgan. Delegatlar baliq yetishtirish orqali cheklangan suv resurslarini qadrlaydigan va ularning iqtisodiy mavqeini oshirayotgan xonadonlarga tashrif buyurishdi.

Batafsil ma'lumot uchun:

Otabek Eshmatov, loyihaning jamoatchilik bilan aloqalar mutaxassisi: otabek.eshmatov@undp.org