Korrupsiya Haqida Xabar Berishning O'rni va Ta'siri. O‘zbekistonda jamoatchilik va hukumatning korrupsiyaga munosabatini baholash
Korrupsiya Haqida Xabar Berishning O'rni va Ta'siri. O‘zbekistonda jamoatchilik va hukumatning korrupsiyaga munosabatini baholash
9-December, 2024
Korrupsiya haqida xabar berish hisobdorlik va shaffoflikni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi tadqiqotimizda O‘zbekistonda jamoatchilik va hukumatning korrupsiyaga bo‘lgan munosabati o‘rganilib, samarali xabar berishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar hamda korrupsiyaga qarshi kuchliroq ekotizim yaratish imkoniyatlari aniqlab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi (ACRC), BMT Taraqqiyot dasturining Seuldagi siyosiy markazi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ushbu tadqiqot 500 dan ortiq so‘rov ishtirokchilarining ma’lumotlariga va 20 dan ortiq anonim davlat vazirlik va idoralari xodimlarining fikr-mulohazalariga asoslangan. Jamoatchilik o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar, ekspertlar bilan suhbatlar va fokus-guruh muhokamalarini birlashtirilgan holda, mazkur tadqiqot asosiy muammolarni, jumladan, xabar berish oqibatlaridan qoʻrqish, madaniy normalar va ishonch kamchiliklarini aniqlaydi.
Tadqiqotda berilgan asosiy tavsiyalar innovatsion xabar berish mexanizmlari, jamoatchilikni jalb qilish va huquqiy islohotlar orqali xabar beruvchilarni himoya qilishni kuchaytirish, noto‘g‘ri tushunchalarni bartaraf etish hamda ijtimoiy mas’uliyatni targ‘ib qilishga qaratilgan.
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda shaffof va hisobdor jamiyatni barpo etishga qaratilgan sa’y-harakatlarga hissa qo‘shib, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy omillari sifatida ishonchli xabar berish mexanizmlarini rivojlantirish va xabar beruvchilar himoyasini kuchaytirish bo‘yicha muhim tavsiyalarni taqdim etadi.