BMTTD tomonidan Yashil iqlim jamg‘armasi ko‘magi ostida O‘zgidrometga daryolar va kanallarda suv chuqurligi, tezligi va sarflanishini o‘lchashga mo‘ljallangan yangi uskunani topshirildi va tegishli mutaxassislar uchun ushbu uskunadan foydalanish bo’yicha amaliy treninglar tashkillashtirdi.
BMTTD sel toshqini hodisalarini erta prognozlashtirish uchun gidrometeorologiya monitoringi tizimini kuchaytirmoqda
7-December, 2023
O‘zbekiston hududining katta qismi sel toshqini faolligiga moyil ekanligini hisobga olib, gidrologik va meteorologik monitoringni kuchaytirish – mazkur xavfli hodisalar xavfini pasaytirish va ular keltiradigan zarar hajmini qisqartirish imkoniyatidir. Akustik dopler profilografining qo‘llanilishi mutaxassislarning suv ob’ektlaridagi o‘lchovlar o‘tkazish uchun sarflaydigan vaqti va harakatlarini sezilarli darajada qisqartirishga yordam beradi. Shuningdek, yangi qurilma prognozlashtirish usullarini rivojlantirish imkonini berish orqali tabiiy ofatlar natijasida yetkaziladigan zararni qisqartirish, asosiysi esa – odamlar hayotini saqlab qolish imkoniyatlarini oshiradi.
O‘zgidromet markaziy apparati va hududiy boshqarmalari mutaxassislarini o‘qitish uchun taklif qilingan ekspert ishtirokida to‘rt kunlik trening o‘tkazildi. Trening davomida gidrologlar akustik dopler profilografini yig‘ish qoidalari, uning yordamida o‘lchovlar o‘tkazish usullarini hamda qurilmadan foydalanishning boshqa o‘ziga xos jihatlarini o‘rgandilar. Treningning amaliy qismi Toshkent viloyatining gidrologik postlarida o‘tkazildi va ishtirokchilar ekspert nazorati ostida mustaqil o‘lchovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldilar.
“Bugungi kunda suv sarflanishi, chuqurligi va tezligini o‘lchash uchun biz vertushka deb nomlanadigan mexanik moslamadan foydalanamiz. Gidrolik postda o‘lchovlar o‘tkazgandan so‘ng, biz suv iste’molini qo‘lga hisoblab chiqamiz”,deydi trening ishtirokchisi, Xo‘jakentdagi gidrologik stansiya mutaxassisi Muhabbat Abdullayeva.
“Men Amudaryo daryosidagi gidrologik postda o‘lchovlar o‘tkazaman. Vertushka yordamida daryoda o‘lchov ishlarini 3-4 soat atrofida o‘tkazamiz, so‘ngra suv parametlarni hisoblaymiz va ma’lumotlarni olish paytigacha besh soatcha vaqt o‘tadi. Bundan tashqari, bu o‘lchovlarni bir kishi amalga oshira olmaydi. Dopler profilografidan foydalanishda esa bir qirg‘oqdan ikkinchi qirg‘oqqa o‘tishning o‘zi kifoya va ma’lumotlar qo‘lingizda bo‘ladi. Bir necha marta yurib, yanada aniq o‘rtacha ma’lumotlarni olish mumkin. Bunda butun jarayonga 10-15 daqiqa vaqt sarflanadi”.Qoraqalpog‘istondagi gidrologik stansiya mutaxassisi Olim Yuldashev Muhabbatning so‘zlariga qo‘shimcha sifatida qayd etdi.
Avvalroq BMTTD bunday uskunani Qoraqalpog‘istondagi O‘zgidromet bo‘linmalari uchun taqdim qilgan edi. Shu davr ichida Olim Yuldashev kabi mutaxassislar undan foydalanish qulayligini baholashga ulgurdilar va treningda o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar.
***
***
BMTTD, FVV va O‘zgidromet xizmatining “O‘zbekiston aholisining iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga keladigan xavf-xatarlarga nisbatan chidamliligini oshirishgaqaratilgan kompleks erta ogohlantirish tizimini takomillashtirish” nomli qo‘shma loyihasi Yashil iqlim jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi. Loyiha faoliyati Farg‘ona vodiysining aholisi zich va iqtisodiy jihatdan muhim bo‘lgan sharqiy tog‘li hududlaridagi suv toshqinlari, sellar, ko‘chkilar, qor ko‘chkilari va gidrologik qurg‘oqchilik kabi tabiiy ofatlarga urg‘u bergan holda mamlakatdagi erta ogohlantirish tizimini modernizatsiya qilish va qayta shakllantirishga qaratilgan.